
Angliya kubogi yarimfinalida “Aston Villa” klubi “Liverpul”ni mag‘lub etdi. Uemblida kechgan uchrashuvda 2:1 hisobi qayd etildi, deb yozadi Kun.uz.
O‘yinda dastlab, 30-daqiqada Koutino gol urib, “qizillar”ni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsada, keyingi daqiqalar davomida Benteke (36) va Delf tomonidan kiritilgan gollar Tim Shervud shogirlariga g‘alaba keltirdi.
Endi “Aston Villa” 30 may kuni finalda “Arsenal” bilan uchrashadi. “Kanonirlar qo‘shimcha vaqtda “Reding”ni 2:1 hisobida mag‘lub etishgan edi.
Angliya kubogi. 1/2 final
Aston Villa – Liverpul – 2:1
Gollar: Koutino, 30 (0:1); Benteke, 36 (1:1); Delf, 54 (2:1).
Aston Villa – Given, Bakuna, Vlar, Beyker (Okore, 26), Richardson, Grilish (Koul, 84), Vestvud, Kleverli, Delf, Nzogbiya (Sinkleyr, 75), Benteke.
Liverpul – Minole, Shkrtel, Lovren, Moreno (Lambert, 90), Sterling, Xenderson, Koutino, Allen (Jonson, 78), Markovich (Balotelli, 46), Jerrard, Jan.
Ogohlantirish: Delf.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar