Ronaldu «Paxtakor»ga qarshi o‘yinda qatnashmaydi

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu «Al-Nasr»ning Toshkentga safar qiladigan futbolchilari ro‘yxatiga kiritilmadi. Shu sababli u jamoa bilan birga O‘zbekistonga kelmaydi va «Paxtakor»ga qarshi uchrashuvda maydonga tushmaydi.
Osiyo elita chempionlar ligasi doirasidagi «Paxtakor» va «Al-Nasr» o‘rtasidagi bahs 2 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv oldidan futbol muxlislari Ronalduning poytaxtga kelishini kutayotgan edi, biroq portugaliyalik futbolchi safar tarkibidan joy olmadi.
Ma’lumot uchun, mazkur o‘yinning VIP sektori uchun chiptalar 3 million so‘mdan sotilgan edi. Ronaldu Toshkentga kelmasa-da, «Al-Nasr» safidagi senegallik hujumchi Sadio Manening uchrashuvda ishtirok etishi kutilmoqda.































Izohlar 0
…