Ronaldu 1000 ta gollik marraga yanada yaqinlashdi: uning hisobida 987 ta gol bor

Portugaliyalik futbol yulduzi Krishtianu Ronaldu faoliyati davomidagi gollari sonini 987 taga yetkazdi. U 24 noyabr kuni Osiyo Chempionlar ligasi elita musobaqasining 5-turida Qatarning «Al-Sadd» jamoasiga qarshi bahsda penaltini aniq amalga oshirdi.
Uchrashuvning 13-daqiqasida Ronaldu raqib darvozasini ishg‘ol qilib, «Al-Nasr»ni hisobda oldinga olib chiqdi. Biroq 22-daqiqada Muhammad Vaad hisobni tenglashtirdi. 52-daqiqada esa Joau Feliksning goli Saudiya Arabistoni klubiga g‘alaba keltirdi.
Birinchi bo‘limning qo‘shimcha vaqtida Muhammad Vaad to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Natijada «Al-Sadd» uchrashuvning qolgan qismini bir kishi kam bo‘lib o‘tkazdi.
Shu tariqa, «Al-Nasr» o‘z maydonida «Al-Sadd»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Bu g‘alabadan keyin Saudiya Arabistoni klubi ochkolarini 9 taga yetkazib, musobaqaning G‘arbiy mintaqasi jadvalida beshinchi o‘ringa ko‘tarildi. «Al-Sadd» esa 2 ochko bilan 14-pog‘onada qoldi.
41 yoshli Krishtianu Ronaldu uchun bu gol faoliyatidagi 987-to‘p bo‘ldi. Shu tariqa, u futbol tarixidagi 1000 ta gollik marraga yetish uchun yana 13 ta gol urishi kerak.
«Al-Nasr» keyingi uchrashuvini 8 dekabr kuni Qatarning «Al-G‘arafa» jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm
































Izohlar0
…