“Paxtakor” va “Al-Nassr” uchrashuvida Ronaldu ham Toshkentga keladimi? O‘yin chiptalari allaqachon sotuvda

“Paxtakor” va “Al-Nassr” uchrashuvida Ronaldu ham Toshkentga keladimi? O‘yin chiptalari allaqachon sotuvda

2 noyabr kuni Toshkentdagi «Paxtakor» stadionida mahalliy klub Saudiya Arabistonining «Al-Nassr» jamoasiga qarshi maydonga tushishi kutilmoqda. Uchrashuvga chiptalar sotuvga chiqarilgan bo‘lib, ularning narxi 600 ming so‘mgacha yetadi.

Mazkur bahsning asosiy jihatlaridan biri — chipta narxlari. «Paxtakor»ning boshqa ayrim uchrashuvlariga muxlislar bepul kirish imkoniga ega bo‘lgan bo‘lsa, bu safargi o‘yinni stadiondan tomosha qilish uchun ancha ko‘proq pul sarflashga to‘g‘ri keladi.

VIP-chiptalar esa ochiq savdoga chiqarilmagan.

Biroq muxlislar e’tibor berishi kerak bo‘lgan muhim jihat bor: Krishtianu Ronalduning uchrashuvda qatnashishi hozircha rasman tasdiqlanmagan. Shu bois chipta xarid qilish portugaliyalik yulduzni maydonda ko‘rish imkoniyatini kafolatlamaydi.

Shunga qaramay, bo‘lajak uchrashuv futbol ishqibozlarida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Chipta narxlari esa bahs atrofidagi muhokamalarning asosiy mavzularidan biriga aylangan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar