Ronaldu o‘g‘li Portugaliya terma jamoasidagi debyutini g‘alaba bilan boshladi

Portugaliya U-17 terma jamoasi Yevropa chempionati saralash bosqichi doirasida Andorra yoshlar jamoasiga qarshi maydonga tushib, 4:0 hisobida yirik g‘alabaga erishdi. Ushbu uchrashuv nafaqat jamoaning ishonchli g‘alabasi, balki Krishtianu Ronaldu Junior uchun ham muhim voqea bo‘ldi.
18 yoshli futbolchi bahsning so‘nggi 20 daqiqasida maydonga tushib, Portugaliya U-17 terma jamoasi safidagi ilk uchrashuvini o‘tkazdi. Shu tariqa, u otasi izidan borib, milliy terma jamoa libosida o‘z faoliyatining yangi bosqichini boshladi.
Hozirda Ronaldu Junior Saudiya Arabistonining «Al-Nassr» klubi yoshlar jamoasida to‘p surmoqda. U joriy mavsumda jamoa safida 7 ta uchrashuvda qatnashib, raqiblar darvozasini 3 bor ishg‘ol qilgan.
E’tiborlisi, yosh futbolchining terma jamoadagi debyuti otasi Krishtianu Ronaldu faoliyatida muhim qaror qabul qilgan davrga to‘g‘ri keldi. Ma’lum qilinishicha, portugaliyalik yulduz shu oy boshida milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashini e’lon qilgan.
Krishtianu Ronaldu 2003 yilda Portugaliya terma jamoasida debyut qilgan. 23 yildan ortiq davom etgan faoliyati mobaynida u 234 ta uchrashuvda maydonga tushib, 146 ta gol urgan va 45 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U erkaklar milliy terma jamoalari tarixida o‘tkazilgan o‘yinlar va urilgan gollar soni bo‘yicha jahon rekordchisi hisoblanadi.
Endilikda futbol muxlislari e’tibori nafaqat afsonaviy hujumchining faoliyatiga, balki uning o‘g‘li xalqaro maydondagi ilk qadamlarini qanday davom ettirishiga ham qaratilmoqda.
Obuna bilan reklama bo'lmaydi
Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

































Izohlar0
…