Krishtianu Ronalduning onasi o‘g‘lining Portugaliyada qadrlanmayotganidan xafaligini ochiq aytdi

Krishtianu Ronalduning onasi o‘g‘lining Portugaliyada qadrlanmayotganidan xafaligini ochiq aytdi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Krishtianu Ronalduning onasi Dolores Aveyru, o‘g‘lining Portugaliya futboli uchun qilgan katta xizmatlariga qaramay, mamlakatda munosib e’tirof etilmayotganidan noroziligini bildirdi.
  • Uning so‘zlariga ko‘ra, Ronalduning terma jamoani muddatidan oldin tark etishi uning uchun shok bo‘lgan va bu holatda u biroz yig‘lagan.
  • Dolores Aveyru, o‘g‘li doimo mamlakat qahramoni bo‘lganini ta’kidlab, uning Portugaliya terma jamoasini tark etish niyati yo‘qligini qo‘shimcha qildi.

Portugaliya terma jamoasi sardori Krishtianu Ronalduning onasi Dolores Aveyru o‘g‘liga mamlakatda ko‘rsatilayotgan munosabatdan norozi ekanini bildirdi. Uning fikricha, futbolchi Portugaliya futboli uchun katta xizmatlar qilgan bo‘lsa-da, munosib e’tirof etilmagan. Bu haqda u “TV7 Dias” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Men xafa bo‘ldim, bu tabiiy. Bu men uchun shok bo‘ldi. O‘g‘lim terma jamoani old eshikdan chiqib tark etishi mumkin edi, ammo u orqa eshikdan chiqib ketdi. Men biroz yig‘ladim. U bilan telefonda gaplashganimizda, unga tinchlanishni aytdim. Lekin u o‘z qarorini qabul qildi. Shunday bo‘lsa-da, u Portugaliya uchun juda ko‘p ish qildi. U doimo mamlakat qahramoni bo‘lgan, ammo munosib darajada qadrlanmadi”, — dedi Aveyru.

Avvalroq Ronaldu terma jamoa yig‘inini muddatidan oldin tark etgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Futbolchining aytishicha, bunga bosh murabbiy Roberto Martines unga bergan va’dasini ikki marta bajarmagani sabab bo‘lgan.Ronaldu Millatlar ligasi doirasida Uelsga qarshi bahsda maydonga tushib, Portugaliyaning 1:0 hisobidagi g‘alabasiga guvoh bo‘lgan. Biroq Norvegiyaga qarshi 2:1 hisobida yakunlangan uchrashuvda zaxirada qolgan.

Futbolchining so‘zlariga ko‘ra, dastlab uning Norvegiyaga qarshi o‘yinda qatnashishi rejalashtirilmagan. Keyinchalik murabbiy undan uchrashuvning 30-daqiqasida maydonga tushishga tayyor turishni so‘rab, isinishga yuborgan. Ammo Ronaldu o‘yin davomida zaxirada qolgan. Uning fikricha, murabbiy bu vaziyatni uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida izohlashi kerak edi, biroq bunday qilmagan.

Shunga qaramay, Ronaldu Portugaliya terma jamoasini tark etish niyati yo‘qligini bildirgan. U hatto Portugaliya futbol federatsiyasi intizomiy chora qo‘llagan taqdirda ham terma jamoaga chaqirilishi mumkinligini aytgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar