Ronaldu O‘zbekistonga keladimi? Tashrif bilan bog‘liq shartlar tarqaldi

Internetda Krishtianu Ronalduning O‘zbekistonga ehtimoliy tashrifi bilan bog‘liq xabarlar tarqalmoqda. Ayrim manbalarda Saudiya Arabistoni vakillari va "Al-Nassr" klubi rahbariyati futbolchining tashrifi yuzasidan xavfsizlik talablarini ilgari surgani aytilmoqda.
Tarqalgan xabarlarga ko‘ra, Ronalduni O‘zbekistonda ko‘rishni istagan muxlislardan uning xavfsizligini to‘liq ta’minlash hamda ommaviy tadbir davomida tartib-intizomni qat’iy nazorat qilish kafolatlanishi talab etilgan.
Shuningdek, xabarlarda futbolchining O‘zbekistonga kelishi xavfsizlik masalalari qay darajada ta’minlanishiga bog‘liq ekani ta’kidlanadi. Go‘yoki, tegishli xavfsizlik choralari kafolatlansa, Ronaldu tashrifga rozi bo‘lishi mumkin.
Biroq hozircha ushbu ma’lumotlar "Al-Nassr" klubi yoki futbolchining rasmiy vakillari tomonidan tasdiqlangani haqida ishonchli ma’lumot yo‘q. Shu sababli Ronalduning O‘zbekistonga kelishi va unga qo‘yilgan shartlar haqidagi xabarlarni hozircha tasdiqlanmagan ma’lumot sifatida qabul qilish lozim.































Izohlar 0
…