Xitoyliklar dunyoning eng qimmat klubini sotib olishmoqchi

Xitoyliklar dunyoning eng qimmat klubini sotib olishmoqchi
Xitoylik milliarderlardan biri Angliyaning “Manchester Yunayted” klubining egalaridan biriga aylanishi mumkin.

Sports.uz nashri tarqatayotgan xabarga qaraganda, ayni paytda nomi sir tutilayotgan investorlardan biri klubni xarid qilish imkoniyatlari bilan qiziqib, klub aksionerlari bilan bog‘langan.

Oldinroq, klubning 80% aksiyalar paketiga egalik qiluvchi Gleyzerlar oilasi nazorat paketining katta qismini sotishga tayyorligini bildirib o‘tgandi.

Ma’lumot o‘rnida, “MYu” Forbes furnali talqiniga ko‘ra dunyoning eng qimmat klubi hisoblanadi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar