date

Avstraliya Osiyo kubogi-2015 paytida har kuni 1 mln dollardan daromad qiladi

Avstraliya Osiyo kubogi-2015 paytida har kuni 1 mln dollardan daromad qiladi

Avstraliya hukumati Osiyo kubogi-2015 musobaqasidan oladigan daromad borasida moliyaviy rejalarni e’lon qildi. Bu haqida “www.afr.com” ma’lumotiga asoslanib, “std.uz” sayti xabar beradi.

Unga ko‘ra, mezbon davlat 3 hafta davomida har kuni 1 million dollardan daromad olmoqchi.

Musobaqa 9 yanvar kuni Avstraliya va Kuvayt o‘rtasidagi o‘yin bilan boshlanadi va 23 kun davom etadi. 16ta terma jamoa o‘rtasidagi 32ta o‘yinga Sidney, Melburn, Brisben, Nyukasl va Kanberra shaharlari mezbonlik qiladi. Demak, Avstraliya yalpi ichki mahsuloti 23 million dollarga oshadi. Turnirdan keyin esa yashil qit’aga boradigan turistlar soni 15 foizga oshishi kutilmoqda.

Osiyo kubogini 2,5 milliard muxlis TV orqali kuzatib borishi taxmin qilinmoqda. O‘yinlarni 500 mingdan ortiq muxlislar stadiondan kuzatib borishi, shundan 30 ming nafari xorijlik muxlislar bo‘lishi kutilmoqda.

Mahalliy tashkiliy qo‘mita boshlig‘i Maykl Braunning ma’lum qilishicha, musobaqani tashkil etishga 240 million dollar sarflanadi. Chiptalar savdosidan esa, 20 million dollar daromad olinadi.

Manba: Kun.uz
Foto: std.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Avstraliya Osiyo kubogi-2015 paytida har kuni 1 mln dollardan daromad qiladi