Dunyodagi eng keksa tirik inson: Britaniyalik ayol uzoq umr sirini uchta qoida bilan izohladi!

Britaniyalik Etel Katerxem 117 yoshini nishonladi. 1909 yil 21 avgustda tug‘ilgan ayol hozirda Ginnes rekordlar kitobi tomonidan dunyodagi eng keksa tirik inson sifatida tan olingan.
Etel Katerxem hayoti davomida dunyoda yuz bergan ulkan tarixiy o‘zgarishlarning guvohi bo‘lgan. U ikki jahon urushini boshdan kechirgan.
Shuningdek, u qirol Eduard VII hukmronligi davrida tug‘ilgan, hozir hayot bo‘lgan so‘nggi inson hisoblanadi.
117 yoshga kirgan Etelning hayoti bir asrdan ortiq vaqt davomida davom etgan noyob umr yo‘li sifatida e’tibor tortmoqda. Etel Katerxem o‘zining uzoq umr ko‘rishini murakkab sirlar bilan bog‘lamaydi. Aksincha, u hayot davomida amal qilgan oddiy tamoyillarni aytib o‘tgan.
“Janjallardan qoching, boshqalarni tinglang va o‘zingiz yoqtirgan ish bilan shug‘ullaning.”
Uning fikricha, hayotdagi ortiqcha nizolardan uzoq bo‘lish, atrofdagilarni tinglash va o‘ziga yoqadigan mashg‘ulot bilan shug‘ullanish inson hayotini mazmunli qilishi mumkin.































Izohlar 0
…