Uch nafar san’atkor “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvonini oldi

Uch nafar san’atkor “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” unvonini oldi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan turli sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh yurtdoshlarni mukofotlash to‘g‘risidagi Farmon imzolandi.

Hujjatga ko‘ra, aktyor Bobur Yo‘ldoshev, qiziqchi Shukurullo Isroilov hamda xonanda Shohruxxon “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoniga sazovor bo‘ldi.

Jumladan:

  • Bobur Bahodirovich Yo‘ldoshev — “Diydor yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi badiiy rahbari;

  • Shukurullo Ahmadqulovich Isroilov — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi badiiy so‘z ustasi;

  • Shohrux Alisherovich Yo‘ldoshev — “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi.

Qayd etilishicha, san’atkorlar mamlakat mustaqilligini yanada mustahkamlash, Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonidagi islohotlarni qo‘llab-quvvatlash hamda xalqning ma’naviy va intellektual salohiyatini yuksaltirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun taqdirlangan.

Shuningdek, ularning madaniyat va san’atni rivojlantirish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat, milliy hamda umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash borasidagi samarali faoliyati ham e’tirof etilgan.

Mukofotlangan san’atkorlarning jamiyat hayotidagi faol ishtiroki, tinchlik, totuvlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga qo‘shayotgan hissasi ham yuqori baholangan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar