Yamal tug‘ilgan kunida g‘ayrioddiy “pushti ziyofat” uyushtirdi

1 daqiqa o'qish5.5K
Yamal tug‘ilgan kunida g‘ayrioddiy “pushti ziyofat” uyushtirdi

“Barselona” va Ispaniya terma jamoasi yulduzi Lamin Yamal 19 yoshga to‘lgani munosabati bilan o‘ziga xos va rang-barang “Pushti ziyofat” tashkil qildi. Bayramdan lavhalarni futbolchining sevgilisi Ines Garsiya Instagram sahifasida namoyish etdi.

Yamalning tug‘ilgan kuni 13 iyul kuni edi. Biroq futbolchi o‘sha vaqtda 2026 yilgi Jahon chempionati yarim finali oldidan Ispaniya terma jamoasi yig‘inida bo‘lgan. Shu sababli u o‘zining tug‘ilgan kuniga bag‘ishlangan katta bayramni keyinroq o‘tkazishga qaror qilgan.

Mehmonlar ham pushti rangda

Ines Garsiya ijtimoiy tarmoqda e’lon qilgan suratlarda ziyofatning o‘ziga xos uslubda bezatilgani ko‘rinadi. Tadbir “pushti ziyofat” mavzusida tashkil etilgani bois mehmonlarning aksariyati ham shu rangdagi kiyimlarda tashrif buyurgan.

Ziyofatda Yamalning “Barselona”dagi jamoadoshlari — Frenki de Yong, Gavi va Fermin Lopes ham ishtirok etgan. Shuningdek, tadbirga mashhur musiqachilar va san’atkorlar ham taklif qilingan.

Ines Garsiya bayramga kalta, yorqin pushti libosda kelgan bo‘lsa, Yamal ham umumiy uslubga mos ravishda pushti rangdagi ko‘ylak kiygan.

Shu tariqa, “Barselona” yulduzi 19 yoshini odatiy tug‘ilgan kundan farqli, rang-barang va esda qolarli “Pushti ziyofat” bilan nishonladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?