“Hotdog olib berdim-ku!”: Messining o‘g‘liga berayotgan tarbiyasi tarmoqlarda muhokamada

Dunyoning eng mashhur futbolchilaridan biri Lionel Messi va uning 11 yoshli o‘g‘li Mateo o‘rtasidagi oddiy suhbat ijtimoiy tarmoqlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Ayniqsa, Messining farzandiga pul va istaklar borasidagi munosabati ko‘pchilik e’tiborini tortdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Mateo otasidan yana biror narsa olib berishini so‘ragan. Shunda Messi hazil aralash unga:
“Senga hotdog olib berdim-ku, shu bilan kifoyalan. Boshqa pulim yo‘q!” deb javob bergan. Messining bu gapi uning farzandlari bilan kundalik hayotda o‘zini oddiy tutishga harakat qilishini ko‘rsatgani aytilmoqda. U dunyodagi eng ko‘p daromad oladigan sportchilardan biri bo‘lsa-da, farzandlarining har bir istagini darhol bajarish shart emasligini hazil orqali ko‘rsatgan.
Messining Mateo bilan suhbatiga foydalanuvchilar turlicha munosabat bildirmoqda. Ayrimlar futbolchining farzandlarini dabdabaga o‘rgatmayotganini ijobiy baholagan bo‘lsa, boshqalar esa vaziyatni shunchaki otaning o‘g‘li bilan hazili sifatida qabul qilgan.
Sizningcha, mashhur va boy ota-onalar farzandlarini qanday tarbiyalashi kerak? Fikringizni izohlarda yozing.































Izohlar 0
…