12:56 / 20.05.2021
13 035

Bizga Shomurodov kerak!


Eldor Shomurodov o‘zining xarakteri, kurashuvchanligi, salohiyati va ishonchli o‘yini orqali Italiyaning eng talabchan muxlislari hisoblangan genuyaliklarning mehrini qozondi, ularning ishonchini oqlab kelmoqda.

Yevropaning kuchli beshlik chempionatlari orasida o‘ziga xos murakkabligi bilan ajralib turadigan A Seriyada debyut mavsumidayoq o‘z salohiyati va imkoniyatini ishga solish hammaga ham nasib qilmaydi. Shomurodov o‘ziga bo‘layotgan turli takliflar orasidan “Jenoa” variantini tanladi. Eldor Genuyaga kelganida Italiyaning eng qadimiy klubi A Seriyaning so‘nggi pog‘onalarida A Seriyada qolish uchun kurashayotgan edi.

Jamoa joriy mavsumda o‘z oldiga qo‘ygan vazifani uddaladi va kelasi yili ham yuqori ligada qatnashish imkoniyatini saqlab qoldi. Bunda jami yettita gol urib, bitta golli pas uzatgan Shomurodovning ham o‘ziga xos hissasi bo‘ldi, albatta.

Yozgi transferlar mavsumida Shomurodovga boshqa jamoalardan qiziqish bo‘lishi tabiiy. Chunki, bugungi kunda qudratli jamoalar ham moliyaviy inqirozni inobatga olgan holda, qimmatbaho yulduzlardan ko‘ra,  transfer narxi arzon, lekin o‘zi mehnatdan qochmaydigan, turli injiqliklardan xoli, katta maosh talab qilmaydigan va kurashuvchan futbolchilarni qo‘lga kiritishga e’tibor qaratmoqda.
Xususan, Italiya matbuoti “Roma” o‘zbekistonlik legionerga qiziqayotgani haqida yozmoqda.

“Jenoa” muxlislari bu mavzuni muhokama qilishda davom etmoqda. E’tiboringizga genuyalik ishqibozlarning eng sara fikrlarini havola qilamiz.

Carla Prando: Har doimgidek, jamoamiz safida kimdir zo‘r o‘ynay boshlasa, unga xaridor badavlat klub paydo bo‘ladi va uni sotib oladi.

Norma Pecoraro: Agar “Roma” Shomurodov uchun 15-20 million yevro taklif qiladigan bo‘lsa, bu masalani muhokama qilib ko‘rsa bo‘ladi.

Giovanna Squarzina (Norma Pecoraro fikriga javoban): “Roma” o‘tgan mavsumjda hech bir futbolchi uchun 20 million yevro sarflagani yo‘q. Ular Eldor Shomurodov uchun transfer siyosatini o‘zgartirmasa kerak, deb o‘ylayman.

Chiara Puccini: Agar Eldorni sotib yuborsak, jamoamizda muammoalar boshlanadi. Chunki Janluka Skamakkaning o‘zi bizda ijarada o‘ynamoqda, Mattia Destro barqarorlikka erishgani yo‘q, Goran Pandev ancha qarib qoldi. “El-uzbeko” ketib qolsa, eng salohiyatli hujumchimizdan ayrilib qolamiz.

Enrico Incarnato: Shomurodov jamoamizdan “Milan”ga o‘tib ketgan Kshishtof Pyontek qay ahvolga tushganini yaxshi anglab, xulosa qilsin.

Giorgio Ravenna: “El-uzbeko” beshta o‘yinda to‘rtta gol urganidan keyin “Roma”ga o‘tishi haqida xabarlar tarqaldi.  Bir necha oy oldin unga “Yuventus” qiziqqan edi. Bu gal ham Shomurodov hech qayerga ketmasligi tarafdoriman.

Alessandra de Bellis: Bularning bari mish-mish bo‘lib chiqishiga umid qilaman. Eldor – yuqori salohiyatli o‘yinchi. Italiyadagi faoliyatini oson boshlagani yo‘q, lekin asta-sekin o‘zimizning futbolchimizga aylanib qoldi. Shomurodov bizga juda kerak. Joze Mourino esa, ana Goran Pandevni olsin. U Pandevni “Inter”da ishlaganida shug‘ullantirgan.

Luca Vitello: “Latsio” darvozasiga urilgan gol ularning ashaddiy raqibi “Roma” rahbarlarini hayratga solgan shekilli, ular darrov Shomurodovni sotib olish harakatiga tushib qoldi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Bizga Shomurodov kerak!