3 114
Mishel Soro Madrimov bilan jangdan oldin: "Men istalgan raqibni istagan joyda mag‘lub etaman"
Isroil Madrimov 17 dekabrda Toshkentdagi Renessans arenada o‘tadigan va DAZN platformasi orqali to‘liq yoritilishi rejalashtirilayotgan navbatdagi jang kechasida fransiyalik Mishel Soroni super yarim o‘rta vaznda WBA Super kamari uchun yakuniy eliminator jangida mag‘lub etish orqali o‘zining chempionlik orzusiga yanada yaqinlashishi mumkin.
Madrimov (7-0, 5 KO) hozirda WBA reytingida Sorodan keyingi 2-o‘ringa joylashgan. U 3 aprel oqshomida "Humo arena"da bo‘lib o‘tgan Ahmadaliyev-Ivasa jangining anderkardida kongolik yengilmas bokschi Emmani Kalombo (14-1) ustidan g‘alaba qozongan edi.
Mishel Soro (35-2-1, 24 KO) 2018 yilda amerikalik Greg Vendettini 2-raundda mag‘lub etib, WBA kamari uchun majburiy da’vogarga aylangan. Amaldagi WBA Gold kamari sohibi bo‘lgan, Soro 2019 yilda vatandoshlari Anderson Prestot va Sedrik Vitu ustidan nokautli g‘alabalarni qo‘lga kiritdi, ammo undan so‘ng boshqa jang o‘tkazmadi.
O‘zbekistonlik super yengil vazn yulduzlaridan biri hisoblangan va mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Shahram G‘iyosov (11-0, 9 KO) esa bu jang oqshomida argentinalik Kristian Rafael Koriaga (29-8-2, 13 KO) qarshi ringga ko‘tariladi. G‘iyosov 3 apreldagi boks oqshomida meksikalik Patrisio Lopes Morenoni 3-raundda nokautga uchratgan holda, o‘zining WBA International kamarini munosib himoya qilgan edi.
Rio Olimpiadasi chempioni Hasanboy Do‘smatov (3-0, 3 KO) esa meksikalik Xose Rivasga ( 18-12-4, 10 KO) qarshi jang o‘tkazadi. Hasanboy 3 aprelda Muhsin Kizotani 2-raundda chuqur nokautga tushirib, 3-jangidayok birinchi o‘ta yengil vaznda WBA International kamariga ega chiqqan.
2019 yilgi jahon chempionatining kumush medali sovrindori Dilshodbek Ro‘zmetov professional boksda o‘zining debyut jangini o‘tkazsa, mag‘lubiyatsiz odimlayotgan Elnur Abduraimov (7-0, 6 KO) va aprelda o‘z debyutini o‘tkazgan prospekt - Iqboljon Xoldorov (1-0, 1KO) o‘zlarining navbatdagi janglarini o‘tkazadilar. Ushbu boks kechasining eng e’tiborga molik janglaridan birida esa tug‘ma boks yulduzi - Bektemir Meliqo‘ziyev ilk mag‘lubiyati tasodif ekanini isbotlashga harakat qiladi.
Ushbu boks kechasi haqida Isroil Madrimov quyidagi fikrlarni aytib o‘tdi: "Biz DAZNni O‘zbekistonga qaytarmoqdamiz. O‘z vatanimda, muxlislarim ko‘z o‘ngida jang qilishimdan mamnunman. Soroga qarshi kechadigan jangimni o‘z maqsadimga erishish yo‘lidagi juda katta va muhim qadam deb hisoblayman. Mishel Soroni divizionimdagi chempionlik kamari mavjud bo‘lmagan eng yaxshi bokschi deb bilaman. O‘ylaymanki, ushbu jang butun dunyodagi boks ishqibozlariga zavq ulashadi".
Mishel Soro esa: "Men 17 dekabrni sabrsizlik bilan kutmoqdaman. Bu baxsda men jahon chempionlik jangim yo‘lidagi so‘nggi qadamimni tashlayman. Raqibim Madrimov professional ringda atigi 7 ta jangidan so‘ng men bilan shunday muhim jangda to‘qnash kelayotgani tahsinga sazovor. Biroq, men istalgan raqibni, istalgan joyda mag‘lub eta olaman. Buni avval 17 dekabrda, keyin esa jahon chempioniga aylanganimda guvohi bo‘lasizlar", - deb ta’kidlab o‘tdi.
Matchroom promouterlik kompaniyasining boshqaruv vakillaridan biri Frank Smit esa: "Humo arena"da aprelda o‘tkazilgan katta boks oqshomidan so‘ng yana bir bor bu davlatda qaytishdan benihoya mamnunmiz. Bu jang kechasida Isroil Madrimov Mishel Soroga qarshi jangi bilan katta boksni O‘zbekistonga qaytarmoqda. Matchroom promouterlik kompaniyasi butun dunyo bo‘ylab boks kechalari o‘tkazishni o‘zining ustuvor maqsadiga aylantirgan va 17 dekabrda yana bir bor O‘zbekistonda boks oqshomini tashkillashtirishdan juda xursandmiz. Madrimov - Soro ajoyib jang bo‘lishiga shubha yo‘q va bu jang shu sanada bo‘lib o‘tadigan va DAZN platformasidan o‘rin oladigan Chisora - Parker hamda Zurdo - Gonzales janglaridek tomoshabop shouga aylanadi, - deya fikr bildirdi.
To‘liq jang juftliklari bilan yana bir bor tanishing:
Isroil Madrimov (7-0, 5KO) - Mishel Soro (35-2-1, 24KO)
Shahram G‘iyosov (11-0, 9KO)- Kristian Koria (29-8-2, 13KO)
Hasanboy Do‘smatov (3-0, 3KO) - Hose Rivas (18-12-4, 10KO)
Bektemir Meliqo‘ziyev (7-1, 6KO) - Sergey Yekimov (18-3, 9KO)
Iqboljon Xoldorov (1-0, 1KO) - Dimitriy Miliusha (9-5-1, 4KO)
Elnur Abduraimov (7-0, 6KO) - Jon Gemino (22-12-1, 12KO)
Dilshod Ro‘zmetov (debyut) - Maksim Smirnov (8-10-3, 4KO)
Manba: Boxingscene.com
Ingliz tilidan Bekzod Nizomiddinov tarjimasi
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi