Yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolar mavjudligini anglatadigan ogohlantirish alomatlari va xavf omillari bor, deb yozadi Lisa nashri.
Irsiyat
Bu birinchi belgi. Og‘ir yurak-qon tomir kasalliklari irsiyatda bo‘lsa, unda yoshdan qat’iy nazar, kardiologga tez-tez murojaat qilish zarur. Bunda nafaqat ota-onalar, balki bobo-buvilar, aka-uka va opa-singillarni ham hisobga olish kerak. Agar ularning birortasida arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, infarkt, insult, aritmiya bo‘lsa (avval boshdan kechirgan bo‘lsa ham), bu kardiolog bilan bog‘lanish uchun sababdir. Shifokor xavf darajasini aniqlaydi va o‘z vaqtida choralar ko‘rish uchun qanchalik tez-tez tekshiruvdan o‘tish kerakligini aytadi: ham profilaktik, ham terapevtik.
Charchoq, umumiy holsizlik
Har qanday jismoniy faollikdan tez charchab qolsangiz, sekinroq yuring, nafas qisilishi, zinapoyadan ko‘tarilishda dam olish zarurati ham diqqat qilish kerak bo‘lgan belgilardir. Aksariyat odamlar holsizlik va jismoniy faoliyatga chidamsizligini uyqu yetishmasligi, og‘ir ish, noto‘g‘ri turmush tarzi bilan bog‘laydi. Va kimdir haqida 35-40 yoshda yuqori qon bosimi yoki infarkt bo‘libdi, degan gapni eshitsa, bu kasallik qayerdan paydo bo‘ldi ekan, deb hayron qolishadi. Aslida, yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolar yuqoridagi belgilar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Shunga o‘xshash alomatlar kuzatilsa, hech yo‘q terapevt qabulida bo‘ling — u sizni mutaxassisga yo‘naltiradi.
O‘zgaruvchan qon bosimi
Foto: Lisa
Sizdagi qon bosimda “sakrab ketuvchi” xususiyat bormi? Bu yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolarning yana bir belgisidir. Bundan tashqari, bosim ham oshishi, ham kamayishi mumkin. Qolaversa, ikkala qo‘lda bosimni o‘lchash va sezilarli farq bor-yo‘qligini aniqlab ko‘rish muhimdir. Yuqori va pastki ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi katta farq ham ogohlantiruvchidir.
Qon bosim oxirgi soatlarda doimgi qiymatdan (masalan, 110/70 dan 90/60 ga) o‘zgargan bo‘lsa, bu ham shifokor bilan bog‘lanish uchun sababdir. Ammo, agar sizda qon bosimi doimo past bo‘lsa, unda bu normaning bir variantidir. Nimadir noto‘g‘ri ekanini his qilsangiz va bu bosimning pasayishi bilan tasdiqlansa, shifokoringiz bilan maslahatlashing. Yodda tuting: 30 yoshdan oshgan barcha bemorlarning qon bosimini muntazam ravishda o‘lchash kerak.
Qon tahlilida yuqori xolesterin
Bemorlar, ayniqsa, yoshligida muammoni noto‘g‘ri ovqatlanish bilan bog‘lab, ko‘pincha bunga ahamiyat bermaydilar. Shuningdek, shifokorlarning o‘zlari ham umumiy xolesterinning yuqori darajasini ko‘rib, bemorni har doim ham qo‘shimcha tekshiruvga yubormaydi. Yodda tutingki, hech bo‘lmaganda lipid profilini batafsil o‘tkazish kerak — LDL, HDL, trigliseridlar miqdorini laboratoriya sharoitida tekshirish zarur. Shu bilan birga, qon tomirlarining devorlariga yopishib qoladigan xolesterin normal qon oqimiga xalaqit beradigan tiqinlarni hosil qiladi. Bu sog‘liq uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
Ko‘krak qafasida og‘riq
Buning sababini aniqlash uchun yaxshisi mutaxassis bilan bog‘langan afzal. Yurak og‘rig‘i boshqa xastaliklardan quyidagi alomatlari bilan ajralib turadi:
- Bosuvchi va siquvchi og‘riq;
- Ko‘krak qafasida qaynoq hissiyot;
- Og‘irlik hissi, ko‘krak sohasiga kuchli bosim;
- Jismoniy yoki hissiy stress bilan bog‘liqlik mavjudligi;
- Og‘riqning chap qo‘l, chap yelka va pastki jag‘da tarqalishi.
Agar og‘riq sanchuvchi, kesuvchi xususiyat bilan kuzatilsa, bu yurakdan emas. Yurak og‘rig‘i uzoq davom etadi degan fikr noto‘g‘ri. Vaqt o‘tishi bilan u tezda o‘tib ketadigan holatga aylanib borishi mumkin. Og‘riq o‘tib ketgach, ko‘pchilik bu alomatda xavfni ko‘rmaydi. Shuning uchun, har qanday tabiat va takrorlanuvchi ko‘krak qafasidagi og‘riqlardan keyin imkon qadar tezroq shifokor bilan maslahatlashish muhimdir. Bu nima bo‘lishidan qat’iy nazar, kasallikning asl mohiyatini aniqlashga yordam beradi.
Havo yetishmasligi
Agar nafas olish qiyinlashsa, to‘liq nafas ololmaysiz yoki “havo yetishmasligi” hissi paydo bo‘ladi. Chuqur nafas olmoqchi bo‘lsangiz ham buning imkonini qilolmaysiz. Biroq, har doim ham nafas qisilishi va havo yetishmasligi hissi yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolarni ko‘rsatmaydi. Buning sababi o‘pka patologiyasi, anemiya, qalqonsimon bez kasalliklari bo‘lishi mumkin. Aniq tashxislash uchun terapevt yoki kardiolog bilan bog‘lanish zarur.
Ritm buzilishi, yurak yetishmovchiligi
Yurak urishlarini o‘tkazib yuborsangiz, pauza qilsangiz, u juda tez yoki juda sekin urayotganini his qilsangiz, shifokorga murojaat qiling. Bularning barchasi yurak-qon tomir kasalliklarining belgisi bo‘lishi mumkin, shuningdek, qalqonsimon bezning patologiyasi, oshqozon-ichak trakti kasalliklari yoki anemiya alomati bo‘lishi ehtimoldan holi emas.
Mutaxassisgina tegishli tekshiruvni tayinlaydi, sababini topishga yordam beradi va o‘z vaqtida davolashni boshlaydi. O‘zingizga tashxis qo‘yishga urinmang, bu vaziyatni yanada og‘irlashtiradi. Tajribali shifokor muammoni hal qilish, sog‘lig‘ingiz va hayotingizni saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?