Ko‘krak qafasidagi og‘riq har doim ham yurak muammolarini bildirmaydi. Quyida ushbu alomatning ortida yashirinishi mumkin bo‘lgan eng keng tarqalgan kasalliklar havola qilinadi.
Yurak — inson tanasining eng muhim organlaridan biridir. Har kuni u yuzlab litr qonni haydab beradi, lekin asosiy vazifasiga qo‘shimcha ravishda biz unga yomon ekologiya, noto‘g‘ri ovqatlanish va tartibsiz turmush tarzi bilan yuklama ortamiz. Shuning uchun har qanday yoshdagi shahar aholisi ko‘pincha ko‘krak qafasidagi qisqa muddatli og‘riqni boshdan kechiradi va ular buni yurak og‘rig‘i sifatida qabul qilishadi. Ko‘p hollarda ular adashadi.
Qovurg‘alar orasi nevralgiyasi
Qovurg‘alar orasi nevralgiyasi umurtqa pog‘onasida joylashgan nervlarning yallig‘lanishi yoki siljishi tufayli yuzaga kelishi mumkin. Odatda, jiddiy sog‘liq muammolarining manbai hisoblanadi. Nevralgiya bilan zararlangan hududning sezuvchanligi qisman yo‘qoladi va og‘riq impulsiv ravishda paydo bo‘ladi yoki bosganda, yo‘talganda va harakat qilganda kuchayadi. Bu yurak og‘rig‘i va nevralgiya o‘rtasidagi farqni aniqlashga imkon beradi: yurak holati yomonlashganda, og‘riq doimiy bo‘ladi va bir joyda seziladi. Nevralgiyada o‘zgaruvchan og‘riq kuzatiladi.
Agar to‘satdan ko‘krak qafasiga tarqaladigan o‘tkir og‘riqni his qilsangiz, pozitsiyangizni o‘zgartirishingiz bilan hammasi ortda qolgan bo‘lsa (uzoq vaqt davom etadimi yo‘q, bu muhim emas), demak, bu yurak xuruji emas. Nevralgiyaning stenokardiyadan yana bir farqi shundaki, stenokardiyada ko‘krak sohasi orqasida bosimli og‘riq hissi bo‘ladi, nevralgiyada esa og‘riq o‘tkir, kesuvchi, asosan, chap tomonga tarqaladi. Yodingizda bo‘lsin: yurak yomonlashsa, og‘riq mushak sohasida lokalizatsiya qilinmaydi, undan chuqurroqda, ichkarida paydo bo‘ladi.
Umurtqa pog‘onasi churrasi
Ushbu kasallik umurtqa pog‘onasi diskining o‘z joyidan siljishi bilan tavsiflanadi. Qancha ko‘p e’tiborsiz qoldirilgan churra, shuncha kuchli og‘riq beradi va u yurak og‘rig‘iga o‘xshash bo‘ladi. Yomon tomoni, churrali disk jiddiy masala bo‘lib, ko‘pincha normal bel sog‘lig‘ini tiklash uchun keng qamrovli davolanishni talab qiladi.
Osteoxondroz
Bu kasallikning kelib chiqish tarixi umurtqalarning o‘z joyidan siljishi emas, balki ularni umurtqa pog‘onasi disklarini mayib qilishdan kelib chiqadi. Turli jarohatlar, og‘ir yuklarni noto‘g‘ri ko‘tarish, organizmdagi buzilishlar va boshqa salbiy jihatlar osteoxondrozning paydo bo‘lishiga olib keladi. Osteoxondroz stenokardiya, xoletsistitni va hatto, ko‘richakning yallig‘lanishini “ko‘rsatish qobiliyati”ga ega bo‘lgani tufayli buqalamun kasallik deb ham ataladi. Osteoxondrozda og‘riq ko‘pincha yondosh patologiya belgilariga o‘xshaydi, shuning uchun og‘riq sababini aniq tashxislash uchun “MRT” tekshiruvidan o‘tish talab etiladi.
Orqa tarafdagi asab tugunlarining yallig‘lanishi
Kelib chiqishi har xil, yallig‘lanishga xos bo‘lgan ko‘krak va bel sohasidagi doimiy og‘riqni qon bosimini o‘lchash orqali yurak xurujidan ajratish mumkin. Og‘riqning ma’lum bir manbai topilmaguncha, umumiy holatingizga va tashqi ko‘rinishingizga e’tibor bering. Yurak xurujida terining rangi oqarib ketadi va bosim pasayadi, bu pulsni his qilish orqali kuzatish oson. Hatto, eng kuchli og‘riqda ham puls bir maromdaligini va agar bu holat yallig‘lanish tufayli yuzaga kelgan bo‘lsa, teri tabiiy rangini saqlab qoladi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?