11:29 / 21.06.2024
199

Yog‘ bosgan jigarni davolashga yordam beradigan samarali maslahatlar

Yog‘ bosgan jigarni davolashga yordam beradigan samarali maslahatlar
Jigarning yog‘ bosishi bu to‘qimalarda ortiqcha miqdordagi yog‘ to‘planib, butun organ hajmining 10 foizgacha bo‘lgan joyini egallab olishidir. Tibbiyotda mazkur kasallik yog‘li gepatoz deb ataladi va surunkali jigar kasalliklari rivojlanishiga olib keladi. Gepatozdan xalos bo‘lish, jigarni tozalash hamda sog‘likni tiklash uchun quyidagi bir nechta oddiy usullardan foydalanib ko‘rish mumkin.

Foto: Getty Images
Diyeta va iste’mol qilinadigan barcha mahsulotlarni qayta ko‘rib chiqish

Birinchi navbatda to‘g‘ri ovqatlanish qoidalarga rioya etish sog‘lom jigar garovidir, chunki jigar ham oshqozon kabi hazm qilish vazifasida ishtirok etadi. Trans yog‘lar, shakar qo‘shilgan va qayta ishlangan mahsulotlar iste’molini cheklang. Ularning o‘rniga meva, sabzavot va ko‘katlarni ratsionga qo‘shing. Ular jigar faoliyatini yaxshilashga yordam beradigan ko‘plab antioksidantlarni o‘z ichiga oladi.

Shuningdek, sabzavotlardan tayyorlangan sharbat ham jigarni tozalashning ajoyib usulidir. Ko‘kat, olma, lavlagi va sabzidan tayyorlangan sharbat organizmdan toksinlarni chiqarib tashlashga yordam beradi.

Badantarbiya va jismoniy faollik

Jigarni yog‘lardan tozalashda to‘g‘ri ovqatlanish tartibidan tashqari jismonan faol bo‘lish ham muhim rol o‘ynaydi. Muntazam jismoniy mashqlar va yengil sport turi bilan shug‘ullanish organizmda metabolizmni faollashtirishga, yog‘larni eritishga va jigarni tozalashga yordam beradi. Uzoq masofaga har kuni piyoda yurish, yugurish, yoga yoki suzish — o‘zingizga qulay bo‘lgan faoliyatni tanlashingiz mumkin.

Suv ichish rejimiga amal qilish

Foto: iStock
Jigarni yog‘lardan tozalash va ortiqcha vazndan xalos bo‘lishiga berishga yordam beradigan qo‘shimcha usullar ham mavjud. Masalan, muntazam suv ichish jigarni hamda tanangizni toksinlar va chiqindilardan tozalashga ko‘maklashadi.

Albatta, jigarni tozalash va vazn tashlash uzoq vaqt davom etadigan va sabr-toqatni talab qiladigan jarayondir. Yangi odatlarni sekin-asta kundalik rejimingizga kiritsangiz va sog‘lom turmush tarziga doimiy amal qilib kelsangiz, kutilgan natijaga ma’lum muddatda erishasiz.

Shuningdek, shaxsiy gigiyenaga qat’iy rioya qilish, kun tartibini to‘g‘ri tashkil etish, o‘z vaqtida dam olish, onalar bolalariga o‘z qo‘llari bilan parhez va shifobaxsh taomlar pishirib berishi, bolalarga tez tayyor bo‘luvchi fastfud ovqatlar bermaslik hamda gazli suvlar ichirmaslik ham gepatoz paydo bo‘lishining oldini oladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Salomatlik » Yog‘ bosgan jigarni davolashga yordam beradigan samarali maslahatlar