
Avstraliyalik olimlar insonlar tomonidan keng iste’mol qilinayotgan fastfud — ya’ni yuqori yog‘li va qandli mahsulotlar ichakning tabiiy himoya tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishini aniqlashdi. Bu haqdagi ilmiy xulosalar “Immunity” jurnalida chop etildi.
Mazkur tadqiqotda sichqonlar ustida olib borilgan tajriba shunga olib keldiki: faqat ikki kun ichida yuqori yog‘li ratsionga o‘tkazilgan hayvonlarda IL-22 deb nomlangan oqsil darajasi pasayib ketgan. Bu oqsil to‘qimalarni qayta tiklash va ichak shilliq qavatini himoya qilishda muhim rol o‘ynaydi.
Sichqonlar tashqi jihatdan mutlaqo sog‘lom ko‘ringaniga qaramay, ularning ichak devorlari qalinlashgan, to‘qimalarda esa yallig‘lanish belgisi bo‘lgan immun hujayralar to‘plangani aniqlangan. Olimlar buni “ichkarida boshlangan sust, lekin xavfli muammo” deb baholashdi.
Ushbu holat inson organizmi uchun ham o‘ta dolzarb. Fastfud va shunga o‘xshash mahsulotlar oz vaqtda ancha kuchli ta’sir ko‘rsatib, salomatlikka zarar yetkazishi mumkin. Ilmiy jihatdan isbotlangan bu holat uzoq muddatli surunkali yallig‘lanishlarga ham olib kelishi mumkin.
Olimlar shunday xulosaga kelishdiki, agar inson to‘yingan yog‘larning (masalan, frityurda qovurilgan mahsulotlar) o‘rniga to‘yinmagan yog‘lar (avokado, zig‘ir yog‘i, yong‘oq) bilan oziqlansa, ichakning himoya to‘siqlari tiklanadi va yallig‘lanish xavfi pasayadi.
Zamin.uz tahririyati fastfud va uning oqibatlari haqida ilmiy yangiliklarni kuzatishda davom etadi. Siz har kuni iste’mol qiladigan ovqatlar salomatligingizga qanday ta’sir qilayotganini kuzatyapmisiz? Tanlov sizning qo‘lingizda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar