Ko‘pincha kun davomida aynan to‘liq uch marta emas, balki oz-ozdan bir necha marta tamaddi qilish faqat ozish uchun foydali, deb hisoblashadi. Ammo bunday tartib nafaqat ortiqcha vazndan qutulishga, balki organizmni sog‘lomlashtirishga ham yordam beradi.
Kam-kamdan tez-tez ovqatlanish, ya’ni bo‘lib ovqatlanish — “parhez” so‘zining sinonimi emas. Bu — shunchaki to‘g‘ri ovqatlanish odati. Unga amal qilsangiz, o‘zingizni yosh va kuchga to‘la his qilasiz.
Qanday tartibni tanlagan ma’qul?
Bo‘lib ovqatlanishning ikkita tartibi mavjud. Ulardan qay biri sizga to‘g‘ri kelishi oldingizga qo‘ygan maqsadingizga bog‘liq.
Kuniga 5-6 marta ovqatlanish. Bu tartibning shartlari bor: taom miqdori qo‘l kafti (yoki 1 stakan) hajmidan oshmasligi, ovqatlanishlar orasi 4 soatni tashkil qilishi kerak. Bu ovqat hazm qilish tizimini tartibga keltirish va organizmning sog‘lom holatini saqlashni istaganlar uchun to‘g‘ri keladi. Bunday ovqatlanish qoidasi har qanday kun tartibiga mos. Organizmga teng vaqt oralig‘ida tushadigan kaloriyalar miqdorining taxminan bir xilligi evaziga ochlik hissi yuzaga kelmaydi.
Har 2-3 soatda ovqatlanish. Bu qoida ko‘proq aynan ozishni istaganlar uchun to‘g‘ri keladi. Taom miqdori bir stakandan kamroq bo‘lishiga qaramay, ochlikni sezmaysiz, chunki taomnomani istaganingizcha o‘zgartirishingiz mumkin. Bir kunda 8-10 mahal ovqatlanasiz. Bu usul mushak massasini saqlab qolgan holda ortiqcha yog‘dan qutilishga yordam beradi. Chunki yog‘ ovqatlanishlar orasi 2,5 soatdan oshsagina yig‘ila boshlaydi. Bu qoida organizmni aldashga yordam beradi. Ozish uchun bo‘lib ovqatlanishning foydasi — kaloriyalar miqdorini cheklashning hojati yo‘qligida. Ozish oshqozonning tabiiy kichrayishi, hazm qilish tizimining sog‘lomlashishi va organizm zaharlanishining kamayishi evaziga amalga oshadi.
Bo‘lib ovqatlanishning qaysi tartibini tanlashingizdan qat’i nazar, ochlik organizmning ko‘p taom yeyish emas, balki quvvat zahirasini to‘ldirish haqidagi belgisi ekanligini tezda anglaysiz.
Taomnoma tuzamiz
Ovqatlanish tartibidagi o‘zgarishlar yaxshi foyda berishi uchun taomnomani to‘g‘ri tuzish muhim. Bunda, masalan, go‘sht va baliq boshqa mahsulotlardan uzoqroq vaqtda hazm bo‘lishi, undan keyingi o‘rinda esa tuxum, sut mahsulotlari, dukkaklilar, kraxmalli sabzavotlar, non va yormalar turishi kabi jihatlarni e’tiborga olish zarur. Yangi sabzavotlar va mevalar, yong‘oqlar tez hazm bo‘lib, darhol o‘zlashtiriladi.
Taomnomani tuzishda bo‘lib ovqatlanish tamoyillarini ham e’tiborga olish lozim. Shunda mahsulotlar tarkibidagi ozuqaviy moddalarni organizm yanada yaxshiroq o‘zlashtiradi.
Bo‘lib ovqatlanishda eng qiyini — bu taom miqdorini kamaytirish. Taomni shoshmasdan, yaxshilab chaynab, sekin yeng. Uni chaynab bo‘lguningizcha, miya to‘yganlik haqidagi xabarni olib ulguradi.
Natija
Sog‘lom ichak. Bo‘lib ovqatlanish tartibiga amal qilganda ichak mikroflorasi sog‘lomlashadi, chirish jarayonlarni to‘xtaydi, qabziyat yo‘qoladi va organizm tozalanadi, chunki uning zaharlanishi to‘xtaydi.
Faollik oshadi. Ochlik hissining yo‘qolishi va o‘zingizni foydali tamaddilar bilan xursand qilish imkoniyati tufayli faolligingiz oshadi. Mazali taom seratonin (baxt gormoni)ning ishlab chiqarilishini tezlashtiradi. Natijada g‘amginlik, qon bosimi va qondagi qand darjasining oshishi yo‘qoladi. Faqat yaxshi kayfiyat va g‘ayratingiz oshishi kuzatiladi.
Moddalar almashinuvi yaxshilanadi. Haddan tashqari ko‘p ovqatlanish natijasida o‘zingizni og‘ir, lanj sezasiz, jig‘ildon qaynashi bezovta qiladi, ishchanligingiz pasayadi. Bo‘lib ovqatlanishga o‘tgach, siz ular haqida unutasiz. Bundan tashqari, metabolizm yaxshilanadi va qondagi qand miqdori me’yoriga keladi. Ovqatlanishning bu usuli ko‘proq oshqozon yallig‘lanishi yoki boshqa oshqozon-ichak yo‘li kasalliklaridan aziyat chekuvchilar uchun foydali.
Kelishgan qomat. Ozuqaviy moddalar to‘liq o‘zlashtiriladi, zaharli moddalar esa tezroq chiqib ketadi. Bunda tanangiz hech qanday ziqliksiz xushbichim va ixcham ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bundan tashqari, bo‘lib ovqatlanishdan keyin odatdagidek ovqatlanishga qaytishingiz mumkin va bu ortiqcha vaznga olib kelmaydi, chunki bo‘lib ovqatlanishdagi ozish — tabiiy jarayon.
Ovqat hazm qilish tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarga ahamiyat bering. Zararli odatlardan voz keching, qomati kelishgan, sog‘lom va go‘zal insonga aylaning!
JASUR tayyorladi.
Manba: tasvir.uz “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi