Nyu-Dehlidagi mehmonxona yong‘ini 21 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Nyu-Dehlidagi mehmonxona yong‘ini 21 kishining hayotiga zomin bo‘ldi
Audio versiyasi

3 iyun kuni Nyu-Dehli shahrining janubida joylashgan Malviya Nagar tumanidagi mehmonxonalardan birida yirik yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa qisqa vaqt ichida keng tarqalib, og‘ir oqibatlarga olib keldi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, fojia natijasida 21 nafar inson halok bo‘lgan, yana 47 kishi turli darajada jarohat olgan. Qurbonlar orasida 15 nafardan ortiq chet el fuqarolari ham borligi aytilmoqda.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘in mehmonxonaning restoranida elektr plitasini yoqish jarayonida kelib chiqqan. Olov qisqa fursatda butun binoga tarqalgan va ayniqsa, mehmonlar uxlab yotgan vaqtda yuz bergani vaziyatni yanada og‘irlashtirgan.

Hodisa joyiga zudlik bilan o‘t o‘chirish xizmatlari yetib kelgan. Yong‘inni bartaraf etishga 8 ta o‘t o‘chirish texnikasi jalb qilingan va uzoq vaqtlik harakatlardan so‘ng olov to‘liq o‘chirilgan.

Mazkur voqea yuzasidan tegishli organlar tomonidan tergov ishlari olib borilmoqda. Narendra Modi halok bo‘lganlar oilalariga hamdardlik bildirib, jabrlanganlarga moddiy yordam va tovon puli ajratilishini ma’lum qildi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Charos
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar