Jaloliddin Ahmadaliyev “Qo‘qonlik” konsertida boshlovchisiz qo‘shiq kuylab muxlislarini hayron qoldirdi

Jaloliddin Ahmadaliyev “Qo‘qonlik” konsertida boshlovchisiz qo‘shiq kuylab muxlislarini hayron qoldirdi
Qisqacha

Taniqli estrada xonandasi Jaloliddin Ahmadaliyev 28–31 may kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Qo‘qonlik” nomli konsert dasturini taqdim etdi. To‘rt kun davomida xonanda jonli ijroda 37 ta tarona kuyladi, ularning ko‘pchiligi muxlislar orasida mashhur. Dasturda boshlovchi va duetlar bo‘lmagan holda, Jaloliddin sahnada yolg‘iz ijro qildi. U konsert davomida charchamaslik uchun dasturini to‘rt kun davomida o‘tkazganini aytdi.

Taniqli estrada xonandasi Jaloliddin Ahmadaliyev 28–31 may kunlari “Xalqlar do‘stligi” san’at saroyida “Qo‘qonlik” nomli navbatdagi yakkaxon konsert dasturini taqdim etdi. To‘rt kun davom etgan konsert muxlislar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi.

San’atkor bu gal ham o‘z an’anasiga sodiq qolib, asosiy e’tiborni jonli ijroga qaratdi. Dastur davomida Jaloliddin Ahmadaliyev jami 37 ta taronani ijro etdi. Ularning aksariyati muxlislar orasida mashhur bo‘lgan xit qo‘shiqlar bo‘lsa, ayrimlari ilk bor taqdim etildi.

Konsertning yana bir e’tiborga molik jihati shundaki, dasturda boshlovchi ham, duet chiqishlar ham bo‘lmadi. Salkam uch soat davomida xonanda sahnada yolg‘iz ijro qildi. Faqatgina libos almashtirish vaqtlarida uning shogirdlari tomoshabinlar uchun chiqishlar namoyish etdi.

“Bu yil konsertda boshlovchi yo‘q. Boshidan oxirigacha faqat o‘zim qo‘shiq aytyapman. Charchab qolmasligim uchun dasturni to‘rt kun qildik. Repertuar shakllantirish jarayonida juda qiynaldik. Qo‘shiqlarimning ko‘pini xalqimiz sevib tinglagani sababli jami 37 ta tarona ijro etishimga to‘g‘ri keldi”, — dedi Jaloliddin Ahmadaliyev.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar