BMT ogohlantirdi: El-Nino Markaziy Osiyoga yomg‘ir olib keladi

BMT ogohlantirdi: El-Nino Markaziy Osiyoga yomg‘ir olib keladi

BMTning Meteorologiya agentligi yaqin oylarda butun dunyo bo‘ylab harorat oshishi va ob-havo sharoitlari keskin o‘zgarishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan kuchli El-Nino hodisasi haqida ogohlantirdi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, ushbu tabiiy hodisa Markaziy Osiyoda kuchli yog‘ingarchiliklarga olib kelishi mumkin.

El-Nino Tinch okeanida doimiy shamollarning kuchsizlanishi natijasida yuzaga keladi. Bu okeanning markaziy va sharqiy qismlarida issiqlik to‘planishiga sabab bo‘lib, dunyo bo‘ylab ob-havo jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi.

Jahon meteorologiya tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, okeandagi iliq suvlar El-Ninoning rivojlanishini kuchaytirmoqda. Tashkilot iyun-avgust oylarida ko‘plab hududlarda harorat me’yordan yuqori bo‘lishini prognoz qilgan. Hodisa noyabr oyigacha davom etishi mumkin.

Mutaxassislar fikricha, El-Nino Markaziy Osiyo, AQSH janubi va Afrikaning ayrim hududlarida yog‘ingarchiliklarni ko‘paytirishi mumkin. Shu bilan birga, Avstraliya, Indoneziya va Janubiy Osiyoning bir qismida qurg‘oqchilik xavfi ortishi kutilmoqda.

BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish ushbu jarayonlarni iqlim sohasidagi jiddiy ogohlantirish deb baholab, mamlakatlarni qayta tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tishni tezlashtirishga chaqirdi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar