O‘zbekistonda kafe va restoranlar savdosi 70 trln so‘mga yaqinlashdi

O‘zbekistonda kafe va restoranlar savdosi 70 trln so‘mga yaqinlashdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yil 1 may holatida O‘zbekistonda umumiy ovqatlanish yo‘nalishida 32 ming 266 ta tijorat korxonasi ishlamoqda.

Joriy yilning yanvar–aprel oylarida kafe, restoran va boshqa ovqatlanish maskanlari orqali amalga oshirilgan savdo hajmi 69,8 trillion so‘mga yetdi. Bu 2025 yilning shu davri bilan taqqoslaganda 7,2 foizga yuqori natija hisoblanadi.

Savdo aylanmasining katta qismi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari hissasiga to‘g‘ri kelgan. Ularning ulushi 79,8 foizni tashkil etgan.

Yirik korxonalar esa umumiy ko‘rsatkichning 20,2 foizini shakllantirgan. Bu raqamlar O‘zbekistonda ovqatlanish xizmatlari bozorida asosiy faollik kichik va o‘rta biznes vakillari tomonidan ta’minlanayotganini ko‘rsatmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar