Toshkentda shifokorning talaba qizlarga qilgan uyatsiz harakatlari fosh etildi

Toshkentda shifokorning talaba qizlarga qilgan uyatsiz harakatlari fosh etildi

Toshkent shahri Olmazor tumanidagi xususiy klinikalardan birida ishlagan 32 yoshli urolog talaba qizlarga nisbatan jinsiy tegajog‘lik qilganlikda aybdor deb topildi.

Sud materiallariga ko‘ra, u amaliyot o‘tayotgan qizlardan biriga jinsiy aloqa qilishni taklif qilgan. Yana bir talabaga esa uylanish niyati borligini aytib, qoldirilgan darslari uchun ijobiy baho qo‘yib berishni va’da qilgan.

Sud jarayonida shifokor aybini qisman tan olgan. U birinchi qiz bilan bog‘liq ayblovlarni rad etgan, ikkinchi qizga nisbatan esa ko‘ngli borligini bildirgan.

Olmazor tuman sudi uni jinsiy tegajog‘lik moddasi bilan aybdor deb topib, 5 sutka ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar