Diego Simeone Mason Greenwoodni Atletiko Madridga olib kelmoqchi

Diego Simeone Mason Greenwoodni Atletiko Madridga olib kelmoqchi

Atletiko Madrid bosh murabbiyi Diego Simeone hujum chizigʻini kuchaytirish maqsadida Mason Greenwood nomzodini asosiy maqsad qilib belgiladi. Ispaniya grandi hujumda jiddiy oʻzgarishlarni rejalashtirmoqda va Simeone ingliz forvardini oʻz taktik tizimi uchun "mukammal hujumchi" deb hisoblamoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Greenwood oʻtgan mavsumda Xetafe safida ijara asosida toʻp surib, La Liga sharoitiga moslasha olishini isbotlagan edi. Hozirda Pari Sen-Jermen va boshqa grandlar bilan raqobatlashayotgan Marsel safida porlayotgan 24 yoshli futbolchi, oʻzining tezkorligi va yakunlovchi zarbalari bilan Atletiko Madrid murabbiylar shtabini hayratda qoldirishda davom etmoqda.

Marsel klubi oʻz yulduzini osonlikcha qoʻyib yubormoqchi emas. Xabarlarga koʻra, Fransiya klubi barcha musobaqalarda 26 ta gol va 11 ta assist qayd etgan futbolchi uchun 100 million yevro miqdorida narx belgilagan. Marsel sport direktori Gregory Lorenzi agar manfaatli taklif tushsa, uni koʻrib chiqishga tayyor ekanliklarini bildirgan.

Ushbu transferning amalga oshishi koʻp jihatdan Julian Alvarez taqdiriga bogʻliq boʻlib qolmoqda. Garchi Atletiko Madrid rahbariyati argentinalik hujumchining Barselona klubiga oʻtishi haqidagi xabarlarni rad etayotgan boʻlsa-da, agar Alvarez boʻyicha yirik taklif tushsa, tushgan mablagʻ Greenwood transferiga yoʻnaltirilishi mumkin.

Hozircha 100 million yevrolik narx Atletiko Madrid uchun asosiy toʻsiq boʻlib turibdi. Biroq Simeone hujum chizigʻida yangi qon kerakligini taʼkidlamoqda va Mason Greenwood transferi yozgi oynaning eng shov-shuvli kelishuvlaridan biriga aylanishi kutilmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar