Bagama orollarida haqiqiy qaroqchilar kemalari topildi

Bagama orollarida arxeologlar haqiqiy “Karib dengizi qaroqchilari”ga oid kemalar qoldiqlarini topdi. The Guardian ma’lumotiga ko‘ra, topilmalar XVII–XVIII asrlarda qaroqchilarning asosiy boshpanasi bo‘lgan Nassau bandargohi hududida aniqlangan.
Tadqiqotchilar dengiz tubidan jami oltita cho‘kkan kema qoldiqlarini topgan. Ulardan uchtasi “qaroqchilikning oltin davri” bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.
Arxeologlar kemaning yongan korpusi, to‘p, mushket o‘qlari, aylanuvchi qurollar va boshqa tarixiy buyumlarni suv ostidan olib chiqqan.
Taxminlarga ko‘ra, topilgan kemalardan biri afsonaviy qaroqchi Genri Everiga tegishli bo‘lishi ehtimol. Olimlar qaroqchilar izlarni yashirish maqsadida qo‘lga kiritilgan kemalarni ataylab yoqib yuborgan bo‘lishi mumkinligini aytmoqda.





























Izohlar 0
…