Tramp federal idoralardagi yuqori lavozimli xodimlar bo‘yicha yangi tartib joriy qildi

Tramp federal idoralardagi yuqori lavozimli xodimlar bo‘yicha yangi tartib joriy qildi

AQSH prezidenti Donald Tramp federal idoralardagi yuqori lavozimli xodimlar faoliyatiga oid yangi farmonni imzoladi. Reuters ma’lumotiga ko‘ra, hujjat 8 mingga yaqin yuqori maoshli davlat xizmatchisini lavozimidan ozod etish jarayonini soddalashtiradi.

Farmon asosan hukumat siyosatini shakllantirish yoki unga ta’sir ko‘rsatish vakolatiga ega bo‘lgan xodimlarga taalluqli. Ularning ayrimlari yiliga 200 ming dollargacha maosh oladi.

Kadrlar boshqaruvi boshqarmasi rahbari Skott Kuporning aytishicha, ma’muriyat o‘z siyosiy yo‘nalishini bajara oladigan va qonuniy topshiriqlarga rioya qiladigan kadrlar bilan ishlashni istaydi.

Yangi tartib federal kadrlar tizimini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha kengroq islohotlarning bir qismi sifatida baholanmoqda. Dastlab bu o‘zgarishlar 50 ming nafargacha xodimga ta’sir qilishi mumkinligi aytilgan, ammo hozircha farmon qamrovi 8 mingga yaqin xodim bilan cheklanmoqda.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nigina Zarqarayeva
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar