Toshkentda 1 sentyabrdan avtobuslarda yo‘l haqini to‘lash tartibi o‘zgaradi.

Toshkentda 1 sentyabrdan avtobuslarda yo‘l haqini to‘lash tartibi o‘zgaradi.

“Shahar yo‘lovchi transporti tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 sentyabrdan boshlab Toshkent shahar avtobuslarida yo‘l haqini avtobusga chiqish vaqtida to‘lash tartibi joriy etiladi. Yo‘lovchilar to‘lovni validator orqali transport kartasi, bank kartasi, smartfon yoki boshqa kontaksiz elektron to‘lov vositalari (NFC, QR, Biometric va boshqalar) yordamida amalga oshirishi mumkin. Imtiyozli qatnov huquqiga ega shaxslar esa ijtimoiy yoki transport kartasini validatorga tekkizib tasdiqlaydi.

Belgilangan tartibda to‘lov amalga oshirilmasa yoki tasdiqlanmasa, yo‘lovchi chiptasiz harakatlangan deb hisoblanadi.

Shuningdek, haydovchi bilan birga 60 nafar va undan ortiq yo‘lovchi tashishga mo‘ljallangan, “Yevro-5” va undan yuqori ekologik talablarga javob beradigan yangi avtobus, elektrobus va trolleybuslarni 2027 yil 31 dekabrga qadar import qilishda utilizatsiya yig‘imining nol stavkasi qo‘llaniladi.

Bundan tashqari, joriy yilning 1 sentyabriga qadar poytaxt jamoat transporti hamda shahar atrofi temir yo‘l qatnovlari uchun yagona integratsiyalashgan to‘lov tizimini joriy etish rejalashtirilgan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Aziza Shukhratova
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar