Xitoylik bloger mushuklari uchun basketbol maydoni qurib berdi

Xitoylik bloger va muhandis Sin Chjiley o‘z mushuklari uchun haqiqiy basketbol maydonini barpo etdi.
U loyiha doirasida tomoshabinlar uchun tribunalar, parket qoplamali o‘yin maydoni, basketbol savatlari, ekranlar o‘rnatgan hamda kichik o‘lchamdagi to‘plarni ham tayyorlagan. Blogerning ma’lum qilishicha, ushbu ish ustida u uch oy davomida mehnat qilgan.
Chjiley tayyor bo‘lgan arenani o‘zining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali namoyish etdi. Kadrlarda uning mushugi bilan birga basketbol o‘ynayotganini ko‘rish mumkin.

Basketbol maydoni blogerning mushuklari uchun yaratgan yagona loyihasi emas. Muhandis bir necha yildan buyon to‘liq “Mushuklar shahri” loyihasi ustida ish olib bormoqda. Ushbu shaharda miniatyura metro tizimi, blogerning o‘zining kichik nusxasi joylashgan uy, bank, kinoteatr, supermarket, MeowDonald's kafesi hamda boshqa ko‘plab obyektlar mavjud.
Bundan tashqari, Chjiley xayriya ishlari bilan ham faol shug‘ullanadi. U ko‘cha mushuklari uchun issiq va qulay boshpanalar qurib beradi.





























Izohlar 0
…