12:58 / 26.08.2022
1 595

Dunyoda kassetali o‘q-dorilar bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’ruza e’lon qilindi

Dunyoda kassetali o‘q-dorilar bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’ruza e’lon qilindi
Novomixaylovka (Ukraina) yaqinidagi dalada «Uragan» baravar o‘t ochish reaktiv tizimining portlamay qolgan snaryadi bo‘lagi, 2014 yil
Foto: Human Rights Watch

Rossiyalik harbiylar Ukrainadagi urush chog‘ida yuzlab marta kassetali o‘q-dorilardan foydalangan. Bu haqda Cluster Munition Monitor tashkiloti tomonidan qurol-yarog‘ning ushbu turiga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro tashabbus — Cluster Munition Coalition uchun tayyorlangan an’anaviy yillik ma’ruzada aytiladi, deb yozadi Meduza.

Ushbu o‘qqa tutishlar oqibatida kamida 215 kishi halok bo‘lib, 474 kishi yaralangan. Faqat oddiy fuqarolar orasidagi jabrlanuvchilar haqida ma’lumotlar bor.

1 iyul holatiga huquq himoyachilari Rossiya tomonidan Ukrainaning 24 ta mintaqasidan kamida o‘ntasida kassetali o‘q-dorilar qo‘llanilganini qayd etgan. Ukrainalik harbiylar, ma’ruza mualliflari ma’lumotlariga ko‘ra, kassetali o‘q-dorilardan kamida uch marta — Donetsk, Xarkov va Xerson viloyatlarida foydalangan bo‘lishi mumkin.

Rossiya kassetali o‘q-dorilarni qo‘llaganini rad etmaydi va ulardan foydalanishni maqbul deb hisoblaydi. Shu bilan bir vaqtda Rossiya Ukrainani ham ularni qo‘llashda ayblamoqda, deyiladi ma’ruzada.

Ma’ruza mualliflari qayd etishicha, Ukraina — 2022 yilda kassetali o‘q-dorilar qo‘llanilayotgan dunyoning yagona mamlakati. 2021 yilda kassetali o‘q-dorilar tufayli jabrlanganlar soni pasaygan edi, ammo Ukrainadagi urushda ularning faol qo‘llanilishi bu yutuqni soyada qoldirdi, deyiladi hujjatda.

Kassetali o‘q-dorilar — parvoz chog‘ida mayda o‘q-dorilardan iborat kassetali qismi ajralib chiqadigan snaryadlar. Ular sochilib ketib, katta maydonga tushadi. Ularning alohida xavfi shundan iboratki, ular ba’zan portlamay qoladi va hududga mina sifatida joylashadi; ba’zan bu mayda bombalarni bolalar topib oladi. Kassetali o‘q-dorilardan foydalanishni taqiqlash haqidagi konvensiya 2010 yildan buyon amal qiladi. Uni 100 dan ortiq mamlakatlar imzolagan. Ular orasida Ukraina va Rossiya yo‘q.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoda kassetali o‘q-dorilar bilan bog‘liq vaziyat haqida ma’ruza e’lon qilindi