Foto: Google Images
NATO davlatlari Shengen zonasining harbiy ekvivalentini joriy etish bo‘yicha ittifoqning iyul oyida Vashingtonda o‘tadigan sammitigacha kelishib olishi mumkin, deb yozadi The Times manbalarga tayanib.
Harbiy Shengen NATO harbiy xizmatchilariga alyansga a’zo davlatlarga deyarli vizasiz kirib-chiqish imkonini beradi. Nashrning yozishicha, shu maqsadda hozirda butun Yevropa bo‘ylab bir qator “harbiy yo‘laklar” yaratish bo‘yicha muzokaralar olib borilmoqda.
Nashr yozganidek, NATO uchun “jiddiy bosh og‘rig‘i” nafaqat davlatlar o‘rtasida, balki Germaniyaning turli qismlari o‘rtasida ham harbiy texnika almashinuvi va tashishni cheklovchi qoidalardagi cheklovlardir. Aniqlik kiritilishicha, transchegaraviy mashg‘ulotlar ko‘pincha “harbiy inqiroz yuzaga kelganda juda uzoq vaqtni talab qiladigan hujjatbozlikni talab qiladi”.
NATOning Logistika bo‘yicha qo‘shma qo‘mondonligi rahbari general Aleksandr Solfrank The Times gazetasiga bergan intervyusida alyans byurokratik to‘siqlar sonini kamaytirishdan manfaatdor ekanligini tasdiqladi. Chunki hozirda bu bo‘yicha bir qator tushunarsiz to‘siqlar bor. Misol tariqasida u parashyutchilarga Yevropa Ittifoqiga a’zo boshqa mamlakatlarning parashyutlaridan foydalanishi taqiqlanganini keltirib o‘tdi.
2023 yil oktyabr oyida Solfrank Rossiya bilan harbiy mojaro yuzaga kelgan taqdirda alyans harbiylarining blok mamlakatlari bo‘ylab erkin harakatlanishiga ruxsat berish imkoniyatini ko‘rib chiqishni taklif qilgandi. Kreml harbiy Shengen g‘oyasini Yevropadagi keskinlikni kuchaytiruvchi qaror, deb atagandi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kurskda qora niqob taqqan 16 yoshli oʻsmir maktabga bostirib kirdi
Yakuniy hukm chiqdi: 700 million dollarlik boylik chiqindixonada qoladigan boʻldi!
Zelenskiy Ramshtaynda Gʻarbni Ukrainaga qoʻshin yuborishga chaqirdi
Germaniya kansleri Ukrainaga beriladigan 3 mlrd yevrolik yordamni blokladi
Eron generali: “Rossiya Asadning dushmanlari oʻrniga Suriyadagi boʻsh sahroni bombardimon qilgan”
Ijtimoiy tarmoqlarda Bashar Asadning ayoli haqida uzunquloq gap tarqaldi
Rossiyalik siyosatchi Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevni haqorat qildi
Britaniya 3 mingga yaqin oʻzbekistonlikni ish bilan ta'minlaydi