397
Mariya Zaxarova: “Britaniya Qora dengizdagi hujumlarni amalga oshirishda Ukrainaga yordam bermoqda”
Foto: “TASS”
Kiyev rejimining Rossiya dengiz flotiga qarshi hujumlarini Buyuk Britaniya maxsus xizmatlari boshqarib kelgan. Bu haqda 29 fevral kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mariya Zaxarova ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” nashri xabar berdi.
“Aniqlanishicha, britaniyaliklar AQSH bilan birgalikda Kiyev rejimini nishonlar koordinatalari bilan ta’minlab, kuzatuvchi vazifasini bajargan. Qora dengiz flotiga qarshi teraktlarga kelsak, ular tom ma’noda Britaniya maxsus xizmatlari ko‘rsatmasi ostida amalga oshirilgan”, — degan Zaxarova.
Zaxarovaga ko‘ra, Britaniya maxsus xizmatlari Ukrainada Rossiyaga qarshi faol ishlamoqda. Ular to‘g‘ridan to‘g‘ri teraktlar va hujumlar uyushtirmoqda. Avvalroq Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov ham Buyuk Britaniya Ukrainaga yordam berayotgani va mojaroda samarali ishtirok etayotganini ma’lum qilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada zaxiradagi harbiylardan iborat maxsus boʻlinma tashkil etiladi
Toyota kompaniyasi Fuji togʻi etaklarida «aqlli shahar» qurilishini yakunladi
Tramp Grenlandiyadan Rossiyaga qarshi qanday foydalanmoqchi ekani ma'lum boʻldi
Kurskda ikki nafar shimoliy koreyalik harbiy asirga olindi (foto)
Los-Anjelesdagi yongʻinlarning ehtimoliy sababchisi qoʻlga olindi
Qozogʻiston Markaziy Osiyo davlatlari orasida harbiy qudrat boʻyicha etakchiga aylandi
Moʻgʻulistonda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari boshlandi
Zelenskiy shimoliy koreyalik jangchilar asirga olinganini ma'lum qildi