
Foto: PLoS ONE
Yaponiyaning Yamagata prefekturasida sigirlarni yoppasiga bo‘yash boshlanib ketdi, deb xabar berdi South China Morning Post nashri. Mol terisiga yo‘l-yo‘l chiziqlarni chizish uchun fermerlar aerozol bo‘yoq yoki yengil oqartirgichlardan foydalanishmoqda.
G‘alati bu usulning samarali ekanini olimlar 2019 yilda PLoS ONE jurnalida chiqqan maqolada isbotlab berishgan. Ma’lum bo‘lishicha, pashsha-chivinlarni tinmay haydayverishdan sigirlar og‘ir stressga tushib, bir daqiqada o‘rtacha 16 marta asabiylashadi. Bu oxir-oqibat buzoqlar tug‘ilishining kamayishiga olib kelarkan.
Mol terisidagi yo‘l-yo‘l chiziqlar sababli chivinlar qo‘nishga joy tanlay olmay, ortiga uchib ketadi, natijada jonivorlardagi bezovtalik hissi uch martagacha kamayadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar