
AQSHning 45-prezidenti, yana bir marta prezidentlikka saylanish uchun nomzodini qo‘ygan Donald Tramp 13 iyul kuni Pensilvaniyaning Batler shahridagi miting nishoniga aylandi. FQB versiyasiga ko‘ra, uni 20 yoshli Tomas Mettyu Kruks o‘qqa tutgan.
Hujum vaqtida o‘q Trampning o‘ng qulog‘ini yalab o‘tgan. AQSH Maxfiy xizmati xodimlari darhol sobiq prezidentni o‘rab olib, sahnadan olib ketishgan. Tramp sahnadan ketayotganida qo‘lini musht qilib yuqori ko‘targan — bu orqali u o‘z tarafdorlariga o‘zi bilan barchasi joyida ekani haqida signal yuborgan. Suiqasd oqibatida mitingga kelganlardan biri halok bo‘lib, ikki kishi yaralangan. O‘t ochgan shaxs Maxfiy xizmat xodimlari tomonidan o‘ldirilgan.

The New York Times fotografi Dag Mills Trampning boshi yonidan o‘tib ketgan o‘qni suratga olgan. Kadrda o‘q qoldirgan izni ko‘rish mumkin. FQBning iste’fodagi agenti Mafkl Harrigan ham fotodagi chindan o‘q izi ekanini tasdiqlagan.

Hujum vaqtidagi videoga ko‘ra, Donald Tramp tomonga o‘n martacha o‘q uzilgan. Ikkinchi o‘q bilan jinoyatchi Trampni yaralagan.
Brendan McDermid / Reuters / Scanpix / LETA

Boshi yonidan o‘q uchib o‘tganidan keyin Tramp qulog‘ini ushlagan va tribuna ortiga yashiringan
Brendan McDermid / Reuters / Scanpix / LETA

Miting ishtirokchilari ham o‘qlardan yashirinishga urinmoqda
Gene J. Puskar / AP / Scanpix / LETA*/9

AQSH Maxfiy xizmati xodimlari otishma vaqtida Donald Trampni panalash uchun sahnaga chopib chiqishgan
Anna Moneymaker / Getty Images

Sahnaga Maxfiy xizmat xodimlari bilan birgalikda maxsus topshiriqli kuchlarning qurollangan jangchilari ham chiqib kelgan
Evan Vucci / AP / Scanpix / LETA

Donald Tramp qo‘riqchilar qurshovida oyoqqa turmoqda
Anna Moneymaker / Getty Images

Trampning o‘ng qulog‘i qonga belangan, sobiq prezidentning «Make America Great Again» («Amerikani yana buyuk qilamiz») saylovoldi shiori tushirilgan qizil rangli kepkasi uchib ketgan
Anna Moneymaker / Getty Images

Miting ishtirokchilari Trampga suiqasd vaqtida jon saqlamoqda
Jabin Botsford / The Washington Post / Getty Images

The New York Times rasshifrovkasiga ko‘ra, Maxfiy xizmat xodimlari Trampga ketish kerakligini aytishmoqda
Brendan McDermid / Reuters / Scanpix / LETA

Tramp o‘rnidan turganida bir necha bor shunday deb takrorladi: «Oyoq kiyimimni beringlar!»
Brendan McDermid / Reuters / Scanpix / LETA

Donald Tramp qo‘riqchilar qurshovida sahnadan ketarkan, bir necha marta mushtini yuqoriga ko‘tarib silkitdi. Bunga javoban yig‘ilganlar «AQSH!» deb hayqirishdi
Brendan McDermid / Reuters / Scanpix / LETA

Anna Moneymaker / Getty Images

«Trampning o‘z tarafdorlari bilan hissiy aloqasi hamda uning zamonaviy media davridagi mahoratini bundan ko‘proq ifodalovchi lahzani tasavvur qilish qiyin, — deya yozadi The New York Times gazetasi. — ayrimlar qo‘rquvdan yig‘layotgan chog‘da ham Tramp o‘z tarafdorlariga barchasi joyida ekani haqida signal bermasdan sahnadan ketmadi».
David Maxwell / EPA / Scanpix / LETA

Maxfiy xizmat agentlari Trampni sahnadan olib ketmoqda
David Maxwell / EPA / Scanpix / LETA

Tramp zina bo‘ylab sahnadan tushganida uning yuzida qon izlari ko‘ringan
Anna Moneymaker / Getty Images

Trampni Chevrolet Suburban avtomobiliga olib chiqishmoqda. U ichkariga kirishdan oldin olomonga o‘giriladi va yana qo‘lini musht qilib yuqori ko‘taradi
Jabin Botsford / The Washington Post / Getty Images

Trampning sahnada qolgan oyoq kiyimi
Jabin Botsford / The Washington Post / Getty Images

Maxfiy xizmat xodimi miting ishtirokchilarini panalamoqda
Anna Moneymaker / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA

Tramp tarafdorlari suiqasddan keyin
Rebecca Droke / AFP / Scanpix / LETA

Trampning tarafdorlari sobiq prezidentga suiqasddan keyin
Brendan McDermid / Reuters / Scanpix / LETA

Otishma uyushtirishda gumonlanuvchi, 20 yoshli Tomas Mettyu Kruks o‘ldirilgani aks etgan videodan kadr. Gumonlanuvchi miting ishtirokchilari safida bo‘lmagan, u 120 metr masofadagi qo‘shni bino tomiga joylashgan
Hank Jenkins / Anadolu / Getty Images

Anna Moneymaker / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA

Viskonsin shtati, Miluoki shahri aholisi Trampga suiqasd haqidagi xabarni kuzatmoqda
Michael M. Santiago / Getty Images

Trampga suiqasddan keyin Nyu Yorkdagi Trump Tower binosi oldida selfi qilayotgan odamlar
David Dee Delgado / Reuters / Scanpix / LETA

Fox telekanalining Nyu Yorkdagi shtab-kvartirasi binosida Trampga suiqasddan keyin sobiq prezidentning ahvoli «yaxshiligi» haqidagi xabar
David Dee Delgado / Reuters / Scanpix / LETA

Miluokidagi kafe mijozlari Trampga suiqasd haqidagi xabarni kuzatmoqda
Al Drago / Bloomberg / Getty Images

Viskonsin shtati, Miluoki shahridagi barlardan birida uzatilayotgan yangilik
Angela Weiss / AFP / Scanpix / LETA

14 iyul kuni Trampning suiqasddan keyingi surati aks etgan futbolkalar sotuvda paydo bo‘ldi
@AlecLuhn

Tramp qo‘lini musht qilib ko‘targan holda tushgan fotosurat Britaniyaning The Mail on Sunday gazetasi muqovasidan joy oldi, London, 2024 yil 14 iyul
Kirsty Wigglesworth / AP / Scanpix / LETA

Donald Trampning tarafdorlari uning Florida shtati, Palm-Bichdagi Mar-a-Lago qarorgohi atrofida duo qilishmoqda, 2024 yil 13 iyul
Saul Martinez / Getty Images / AFP / Scanpix / LETA “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar