AQShda yangi kosmik akademiya tashkil etiladi

AQSh prezidenti Donald Taramp mamlakatning kosmik sohadagi yetakchiligini saqlab qolish va mustahkamlashga qaratilgan muhim farmonni imzoladi. ixbt.com maʼlumotiga koʻra, ushbu hujjatga muvofiq, Qoʻshma Shtatlarda maxsus Prezidentlik komissiyasi tuzilib, u United States Space Academy — Amerika kosmi akademiyasiga asos solish ustida ish boshlaydi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Mazkur tashabbus zamonaviy sharoitda kosmosning milliy xavfsizlik, iqtisodiyot, ilmiy tadqiqotlar hamda texnologik taraqqiyot uchun strategik jihatdan qanchalik muhim ekanini yana bir bor tasdiqlaydi. Vashington maʼmuriyati kelgusida kosmik tarmoqni rivojlantirish uchun yetakchi kadrlar bazasini shakllantirish niyatida.
Yangi kadrlar tayyorlash yoʻnalishlari
Qabul qilingan hujjatga asosan, AQSh kelgusi avlod mutaxassislarini tayyorlash imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi. Bunga astronavtlar bilan bir qatorda olimlar, muhandislar, kosmik tizimlar operatorlari, tadbirkorlar, davlat xizmatchilari hamda harbiylar kiradi.Loyiha doirasida mamlakat boʻylab eng istiqbolli mutaxassislarni oʻziga jalb qilish, ularni oʻqitish va sohaga biriktirib qolish asosiy vazifa etib belgilangan. Bu esa kelgusida turli yoʻnalishdagi kosmik vazifalarni muvaffaqiyatli bajarish imkonini beradi.
Komissiya tarkibi va boshqaruv
Tashabbusni hayotga tatbiq etish maqsadida maxsus tuzilma — Prezidentlik komissiyasi tashkil etilmoqda. Uning rahbarligi NASA rahbariga yuklatildi. Shuningdek, prezidentning fan va texnologiyalar hamda iqtisodiy siyosat masalalari boʻyicha yordamchilari komissiya raisining oʻrinbosarlari lavozimini egallaydilar.Bundan tashqari, NASA rahbarining oʻrinbosari ushbu komissiyaning ijrochi direktori etib tayinlandi. Yuqori martabali amaldorlardan iborat bunday boshqaruv tizimi loyihaning oʻz vaqtida va samarali amalga oshirilishini taʼminlashga qaratilgan.






























Izohlar 0
…