10:55 / 09.11.2024
17

Shols Ukraina bo‘yicha har qanday muzokaralar uning ishtirokisiz o‘tkazilishini rad etdi

Shols Ukraina bo‘yicha har qanday muzokaralar uning ishtirokisiz o‘tkazilishini rad etdi
Foto: Petr David Josek/AP/picture alliance
Ukrainada tinchlik bo‘yicha muzokaralar Rossiya agressiyasidan o‘zini himoya qilayotgan bu davlat ishtirokisiz bo‘lmasligi kerak, deydi Germaniya federal kansleri Olaf Shols. Urushni to‘xtatish yechimini faqat Ukraina bilan birga topish mumkin, dedi u 8 noyabr, payshanba kuni Budapeshtda bo‘lib o‘tgan YEIning norasmiy sammitidan so‘ng.

Sholsning aytishicha, sammitda bu borada turli fikrlar bildirilgan. Shu bilan birga, u Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berishga qarshi bo‘lgan Vengriya bosh vaziri Viktor Orbanga ishora qildi. Yevropa Ittifoqining ko‘plab boshqa davlatlari uchun Ukrainani qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa hisoblanadi, deya qo‘shimcha qildi Germaniya hukumati rahbari.

Shols: Ukraina - hujum qurboni

«Ukraina hujumga uchradi. U Yevropa davlati, Yevropa Ittifoqining bir qismi, demokratiya va qonun ustuvorligi kabi qadriyatlarini baham ko‘radigan davlat bo‘lishga qaror qildi», dedi Shols.

U, shuningdek, YEI Kiyevga 50 milliard dollarlik kreditlar berish uchun shart-sharoit yaratib berganini ta’kidladi. «Ko‘rib chiqilayotgan vaqtda, ayrim mamlakatlarning moliyaviy cheklovlari yoki siyosiy vaziyatning rivojlanishidan qat’i nazar, Ukrainaga o‘zining mudofaa qobiliyatini ta’minlash imkonini beradigan vositalar mavjud», dedi Germaniya kansleri.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy o‘z mamlakatida tinchlikka erishish uchun Rossiya prezidenti Vladimir Putinga hech qanday yon bosmaslikka chaqirgandi. Bu «Ukraina uchun nomaqbul, Yevropa uchun esa o‘z joniga qasd qilishdek gapdir», dedi u. «Zaiflikni ko‘rsatish yoki ba’zi bir Yevropa pozitsiyalari yoki mavqeyi bilan savdo qilish adolatli tinchlikni sotib olishda yordam beradi degan illyuziyalar bo‘lmasligi kerak. Tinchlik - faqat kuchlilar uchun mukofot. Kuchli Yevropaga muqobil narsa yo‘q», — dedi u.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Shols Ukraina bo‘yicha har qanday muzokaralar uning ishtirokisiz o‘tkazilishini rad etdi