Eron qurol ishlab chiqarishni 2,5 barobar oshirganini bildirdi

Eron qurol ishlab chiqarishni 2,5 barobar oshirganini bildirdi

Eron uzoq davom etadigan harbiy harakatlar ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli qurol ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu haqda mamlakat Mudofaa vazirligi vakili Reza Talaiy-Nik davlat televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSHga qarshi harbiy harakatlar davomida Eronda qurol ishlab chiqarish hajmi 2,5 barobar oshgan. Mamlakat harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish uzluksiz davom etishi uchun zaxira ishlab chiqarish maydonlarini ham oldindan tayyorlagan.

Talaiy-Nikning ta’kidlashicha, qariyb 9 mingta kompaniya harbiy mahsulotlar ishlab chiqarish jarayoniga ixtiyoriy ravishda jalb qilingan. Bu orqali Eron mudofaa sanoatining ishlab chiqarish imkoniyatlarini kengaytirishga intilmoqda.

Uning qayd etishicha, Mudofaa vazirligi mutaxassislari raketa tizimlari, uchuvchisiz uchish apparatlari, dengiz va havo kuchlari vakillari bilan hamkorlik qilmoqda. Jangovar tajriba asosida qurol-yarog‘ va harbiy texnikani modernizatsiya qilish, shuningdek, yangi tahdidlarga qarshi choralarni ishlab chiqishga e’tibor qaratilmoqda.

Eron mudofaa idorasi vakilining bildirishicha, mamlakat avvalo o‘z armiyasining ehtiyojlarini qondirishni ustuvor vazifa deb biladi. Shu bilan birga, ichki ehtiyojlardan ortib qolgan mudofaa mahsulotlarini eksport qilish ham rejalashtirilgan.

Eron tomonining bayonotiga ko‘ra, mamlakat harbiy sanoatining kengayishi uzoq davom etadigan urush sharoitida qurol-yarog‘ ta’minotini saqlab qolishga qaratilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar