11:02 / 12.11.2024
34

Putin Tramp prezidentlikka kirishgungacha Kursk viloyatini qaytarib olmoqchi

Putin Tramp prezidentlikka kirishgungacha Kursk viloyatini qaytarib olmoqchi
Foto: “TASS”
Rossiya rahbari Vladimir Putin Ukraina armiyasi tomonidan qisman egallab olingan Kursk viloyatini AQSHning saylangan prezidenti Donald Tramp lavozimiga kirishguncha qaytarib olmoqchi. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Kursk viloyatini 2025 yil 20 yanvargacha, ya’ni Trampning inauguratsiyasigacha qaytarib olish rejalashtirilgan. Bunday qadam Moskvaga kuchliroq pozitsiya bilan tinchlik bo‘yicha har qanday muzokaralarga chiqishga imkon berishi kutilmoqda. Rossiya armiyasi 6 avgustdan beri Ukraina kuchlari tomonidan bosib olingan hududning qariyb yarmini nazorati ostiga olgan.

Yaqin kunlarda Rossiya Ukraina hududiga dronlar yordamida hujumlarni kuchaytirishi mumkin, deb yozmoqda The Telegraph Britaniya harbiy razvedkasiga tayanib. Biroq ukrainalik tahlilchilar Moskva Kursk viloyatidagi qarshi hujumdan foydalanib, Ukrainaning chegaradosh hududi — Sumi viloyatiga kirib borishi mumkinligini yozmoqda.

The New York Times nashri esa Rossiya Kursk viloyatida 50 ming harbiy to‘plagani, ularning qatorida shimoliy koreyaliklar ham borligini ta’kidlagan. Ayni paytda Shimoliy Koreya qo‘shinlari Kurskning g‘arbiy qismida rossiyaliklar bilan jangovar tayyorgarlikdan o‘tmoqda. Ularning soni 10 mingdan oshishi ma’lum qilingan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Tramp prezidentlikka kirishgungacha Kursk viloyatini qaytarib olmoqchi