22:11 / 23.02.2025
227

Olimlar erta insultning sirli sababini aniqladi

Olimlar erta insultning sirli sababini aniqladi
Foto: Unsplash
Britaniyadagi Kil universiteti olimlari 50 yoshdan kichik boʻlgan insonlarda kriptogen insultlar — noma'lum kelib chiqishga ega insultlar sababini aniqladi. Tadqiqot natijasi Neurology Open Access jurnalida chop etildi.

Kriptogen insultlar tibbiyot xodimlari uchun sirligicha qolmoqda: qon tomirlarining berkilib qolish sababi noma'lum. Holsizlik, nutq va koʻrishda muammolar — kasallikning belgilari boʻlib, u oʻlim bilan yakunlanishi mumkin.

Olimlar oʻtkazgan tajribada 18-49 yosh oraligʻidagi 546 kishi ishtirok etgan — insultga chalinganlar va sogʻlom odamlar. Tahlillar natijasi tamaki chekish insultning asosiy xavf omili ekanini koʻrsatgan. Guruhdagi insultni boshdan oʻtkazganlarning 33 foizi chekuvchilar tashkil etgan.

Xavf omillari (spirtli ichimliklar iste'mol qilish, qon bosimi va ta'lim darajasi) inobatga olinganida tamaki chekuvlarda insultga chalinish ehtimolligi ikki barobar koʻp ekani ma'lum boʻldi. Erkaklar orasida xavf uch baravar, 45-49 yoshdagi odamlarda esa deyarli toʻrt baravar oshishi aniqlandi. Yiliga 20 qutidan ortiq tamaki chekadiganlarda insult xavfi 4-7 barobarga yuqori.

Olimlar insult holatlarini kamaytirish uchun chekishga qarshi kurashish boʻyicha choralarni kuchaytirishga chaqirdi.

Avvalroq britaniyalik tadqiqotchilar tamaki chekishga bir haftada oʻrtacha 2 soatdan ortiq vaqt ketishi va bu bir yilda 92 soatni tashkil etishini hisoblab chiqqandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo