00:59 / 01.03.2025
76

Vladimir Zelenskiy va Donald Tramp uchrashuvi asabiy ruhda o‘tdi

Vladimir Zelenskiy va Donald Tramp uchrashuvi asabiy ruhda o‘tdi
Foto: Reuters
AQSH prezidenti Donald Tramp Oq uydagi uchrashuvda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni tanqid qildi.

«Siz bizning mamlakatimizga hurmatsizlik qilyapsiz», — dedi Tramp Zelenskiyga. AQSH prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiyning «Amerika nimani his qilishini o‘rgatishga» haqqi yo‘q. «Siz urush boshidan beri noqulay sharoitdasiz», — deydi AQSH prezidenti.

«Siz minnatdor bo‘lishingiz kerak. Odamlar o‘lyapti, sizlarda harbiylar yetishmayapti. Siz bizga o‘t ochish to‘xtatilishini xohlayman yoki xohlamayman deya olmaysiz», — deya ta’kidladi Tramp.

«RBK-Ukraina»ning yozishicha, Zelenskiy Ukrainaga xavfsizlik kafolatlari kerakligi va Kiyevni muzokaralar jarayoniga faol kiritish zarurligi haqida gapirganidan keyin Tramp uni tanqid qilishni boshlagan.

Tramp Zelenskiy bilan bahsni vitse-prezident Jey Di Vens Ukraina prezidenti Oval kabinetda OAV vakillari qarshisida Amerika yetakchisi bilan gap talashayotganini aytganidan keyin boshladi.

Uchrashuv davomida Zelenskiy Ukrainaga «shunchaki o‘t ochishning to‘xtatilishi kerak emasligini», Rossiya bunday kelishuvni oldin ham buzganini ma’lum qildi.

«Bizga shunchaki o‘t ochishning to‘xtatilishi kerak emas. Biz bunday qilib ko‘rganmiz, Putin uni 25 marta buzgan», — deydi Zelenskiy. Bunga javoban Donald Tramp tomonlar tinchlik sulhini tuzsa, urush tugashini aytdi: «Rossiya urushga qaytishni xohlamaydi, hech kim xohlamaydi».

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo