Trampdan shov-shuvli bayonot: U Ukrainaga qurol berishni rad etdi!

1 daqiqa o'qish594
Trampdan shov-shuvli bayonot: U Ukrainaga qurol berishni rad etdi!
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • AQSH Prezidenti Donald Tramp Ukrainaga qo'shimcha raketalar, jumladan Patriot havo mudofaasi tizimlari va uzoq masofali raketalarni berish masalasida rad javobini bildirdi.
  • U AQSHga raketalar o'zi ham kerakligini aytib, Jo Bayden ma'muriyatini Ukrainaga 300 milliard dollarlik o'q-dorilar berib, Amerika qurol-yarog' zaxiralarini kamaytirganlikda aybladi.

AQSH Prezidenti Donald Tramp Oq uyda o‘tkazilgan navbatdagi brifingda Ukrainaga qo‘shimcha harbiy yordam, jumladan Patriot havo mudofaasi tizimlari va uzoq masofali raketalarni yetkazib berish masalasida keskin munosabat bildirdi.

Vashingtonning Kiyevga qo‘shimcha raketalar ajratishi borasidagi jurnalistlar savoliga Tramp qisqa va ochiqchasiga: «Bizga o‘zimizga ham raketalar kerak», deya javob berdi.

"Bayden 300 milliard dollarlik o‘q-dorilarni tarqatib yubordi"

AQSH davlat rahbari sobiq prezident Jo Bayden ma’muriyatini Ukrainaga me’yordan ortiq yordam ko‘rsatish orqali Amerikaning strategik qurol-yarog‘ zaxiralarini halokatli darajada kamaytirganlikda aybladi.

"Bayden Zelenskiyga 300 milliard dollarlik o‘q-dorilarni berdi. Men lavozimdan ketganimda armiya omborlari to‘la edi, ammo u bu zaxiralarning katta qismini tarqatib yubordi. Hozir biz bu yo‘qotishlarni qayta tiklash bilan shug‘ullanyapmiz", — dedi Donald Tramp.

Shu bilan birga, Prezident AQSH armiyasi hozirda ham mamlakat xavfsizligini ta’minlash uchun yetarlicha qurol-yaroqqa ega ekanini qo‘shimcha qildi. U ayrim tizimlar eng zamonaviy emasligini tan olgan bo‘lsa-da, ularning jangovar samaradorligi yetarli darajada ekanini qayd etdi.

Zelenskiyning xavotiri va Oq uyning rad javobi

Trampning bu bayonoti Ukrainada havo hujumlaridan himoyalanish uchun Patriot raketa-to‘suvchilariga ehtiyoj o‘ta kuchaygan bir paytda yangradi.

Eslatib o‘tamiz, 1 avgustga o‘tar kechasi Rossiya tomonidan amalga oshirilgan ommaviy raketa hujumidan so‘ng Ukraina Prezidenti Volodimir Zelenskiy G‘arb hamkorlarini havo mudofaa vositalarini zudlik bilan yetkazib berishga chaqirgan edi. Zelenskiy ushbu qurollar "kelajakdagi ssenariylar uchun omborlarda turmasdan, aynan hozir jang maydonida zarurligini" ta’kidlagan. Ammo Vashingtonning so‘nggi pozitsiyasi Kiyev uchun vaziyat yanada murakkablashishi mumkinligini ko‘rsatmoqda.

Fikringizni izohda qoldiring va maqolani tanishlaringizga Telegram yoki boshqa ijtimoiy tarmoqlarda ulashing!

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?