
Vatikanda AQSH prezidenti Donald Tramp va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy o‘rtasida bo‘lib o‘tgan 15 daqiqalik suhbat jahon hamjamiyatida katta qiziqish uyg‘otdi. The Economist nashrining ukrainalik manbalariga tayanib xabar berishicha, uchrashuvda Zelenskiy Kiyev tinchlik yo‘lida o‘t ochishni to‘liq va shartsiz to‘xtatishga tayyor ekanligini Trampga ma’lum qilgan hamda undan tinchlik muzokaralarini davom ettirishini so‘ragan.
Zelenskiy shuningdek, suhbat davomida Rossiya prezidenti Vladimir Putinning hozircha otashni to‘xtatish bo‘yicha shartlarni qabul qilmayotganini yana bir bor ta’kidlagan. Tramp ukrainalik hamkasbining bu fikrlariga tushunish bilan munosabat bildirgan. Biroz vaqt o‘tib, AQSH prezidenti Putin haqiqatan ham tinchlik kelishuviga uncha moyil emasligi haqida fikr bildirgan.
«Ehtimol, Putin [urushni] to‘xtatmoqchi emasdir, balki meni shunchaki aldayotgandir. Balki biz u bilan boshqa tilda gaplashishimiz kerakdir — bu «bank» yoki «ikkinchi darajali sanksiyalar» bo‘lishi mumkin. Chunki hozirgi kunda juda ko‘p odamlar halok bo‘lmoqda!!!», — deb yozgan Tramp Truth ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasida.
AQSH rasmiylari Putinning 9 may — G‘alaba kuni munosabati bilan uch kunlik o‘t ochishni to‘xtatish taklifini ham yuqori baholamagan. «Jarayonning boshida Trampning Zelenskiydan ko‘ngli qolgan edi. Endi esa bu his-tuyg‘ular Putinga nisbatan namoyon bo‘la boshladi», — degan Oq uy vakili nashrga bergan intervyusida.
O‘z navbatida Zelenskiy Tramp bilan bo‘lgan uchrashuvni «juda ramziy» va «tarixiy ahamiyatga ega bo‘lishi mumkin» deb baholadi. U tinchlik yo‘lida ijobiy natijalar kutayotganini yana bir bor tasdiqladi.
«Menimcha, uchrashuv yaxshi o‘tdi», — deb izoh bergan Tramp. U shuningdek, Zelenskiyning avvalgiga nisbatan xotirjamroq va mamlakatining kelajagi uchun ko‘proq ijobiy harakatlarga intilganini qayd etgan.
Bundan tashqari, Tramp suhbat davomida Zelenskiy yanada ko‘proq qurol so‘rab murojaat qilganini ma’lum qilgan. «U bu haqda uch yildan beri gapirib kelyapti. Endi voqealar rivojini kuzatamiz», — deb qo‘shimcha qilgan AQSH prezidenti.
O'zbekiston yangiliklari Tinchlik Yo‘liTarixiy UchrashuvAQSH PrezidentiZelenskiy TrampG‘alaba KuniPutin O‘yinlari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar