date

Isroil armiyasi G‘azoda yuzlab inson hayotiga zomin bo‘ldi (video)

Isroil armiyasi G‘azoda yuzlab inson hayotiga zomin bo‘ldi (video)
2025 yil 12 iyun kuni ertalab G‘azo sektorida joylashgan yordam punktida Isroil harbiylari yana falastinlik olomonga qarshi o‘q uzdi, deb Al Jazeera xabar berdi. Sog‘liqni saqlash vazirligining rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, mazkur voqea oqibatida kamida 13 kishi halok bo‘ldi va 200 nafarga yaqin fuqaro turli darajada tan jarohatlari olgan.

11 iyun kuni ham G‘azoda zo‘ravonlik to‘xtamay, rasmiylar kamida 57 nafar inson halok bo‘lganini qayd etgan. Gumanitar faoliyat bilan shug‘ullanuvchi mahalliy jamg‘armalardan biri o‘z avtobusiga qilingan hujum natijasida 5 nafar xodimning nobud bo‘lganini ma’lum qildi. Ushbu harakatda HAMAS ayblangan bo‘lsa-da, guruh hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmadi.

Hududdagi urush oqibatlari faqat qurbonlar soni bilan cheklanmayapti. G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi mamlakatda jiddiy qon tanqisligi mavjudligini ma’lum qilib, kamida 7000 birlik qonga shoshilinch ehtiyoj borligini bildirdi. Bunday sharoitda ko‘ngilli donorlar soni yetarli emas, sababi aholi o‘rtasida qashshoqlik va oziq-ovqat tanqisligi hukm surmoqda.

Jeninda buzish amaliyoti yana avj oldi

Bir vaqtning o‘zida Isroil harbiylari G‘arbiy Sohilda joylashgan Jenin qochqinlar lagerini yo‘q qilish harakatini yanada kuchaytirmoqda. 12 iyun tongida harbiy buldozerlar va qurollangan texnikalar lager hududiga yo‘l olgan. PR manbalariga ko‘ra, Isroilning ushbu hududdagi amaliyoti 140 kundan buyon to‘xtagani yo‘q.

Bu vaqt mobaynida u 40 dan ortiq falastinlikning o‘limiga sabab bo‘lgan, yuzlab odamlar tan jarohati olgan. Shuningdek, minglab aholi o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan, 600 dan ortiq turarjoy to‘liq yer bilan yaqqalangan.

Isroil bu harakatlarni xavfsizlikni ta’minlash va HAMASga qarshi kurash deb baholasa-da, xalqaro hamjamiyat tomonidan bu harakatlar inson huquqlariga qarshi harakat sifatida tanqid qilinmoqda.

Siyosiy keskinlik ortib bormoqda

6 iyun kuni Isroil moliya vaziri Bezalel Smotrich Fransiya va boshqa Yevropa davlatlarini Falastin davlatini tan olish yo‘lidagi qadamlardan qaytishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, agar tan olish jarayoni davom etsa, G‘arbiy Sohildagi harbiy faoliyat yanada shiddatlanishi mumkin.

Bunday vaziyatda tinchlik muzokaralari yanada uzoqlashmoqda. Isroil va Falastin o‘rtasidagi keskinlik har kuni yangi qurbonlarga va yangi vayronagarchilikka sabab bo‘lmoqda.

Jahon hamjamiyati esa hozircha faqat bayonotlar bilan cheklanib, amaldagi ta’sirchan choralar ko‘rmagani uchun tanqid qilinayotir.

Foto: NBC News
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Isroil armiyasi G‘azoda yuzlab inson hayotiga zomin bo‘ldi (video)
LiveInternet