date
views 182

Netanyahu: “Tehrondagi hokimiyat almashishi ehtimoli yuqori, Eron rejimi zaiflashgan”

Netanyahu: “Tehrondagi hokimiyat almashishi ehtimoli yuqori, Eron rejimi zaiflashgan”
Yaqin Sharqdagi ziddiyat fonida Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu juda muhim bayonot bilan chiqdi. 15 iyun kuni Fox News telekanaliga bergan intervyusida u Erondagi hokimiyat o‘zgarishi ehtimoli haqida gapirdi va bunday jarayon Isroil armiyasining zarbalari tufayli ro‘y berishi mumkinligini ta’kidladi.

— Eron rejimi juda zaiflashgan. Bunday zaiflashgan sharoitda hokimiyatda o‘zgarish bo‘lishi tabiiy. Isroilning hujumlari nafaqat mamlakatimizni, balki butun insoniyatni himoya qilishga qaratilgan, — dedi Netanyahu intervyuda.

Yadroviy tahdid va raketalar – asosiy nishon

Isroil rahbarining ta’kidlashicha, amalga oshirilayotgan harbiy operatsiya Erondan kelayotgan ikki yirik xavf – yadroviy qurol va ballistik raketalarni yo‘q qilishga qaratilgan. Unga ko‘ra, bu qurollar dunyodagi eng xavfli rejimni yanada qudratliroq qilishi mumkin va buga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

— Biz yadroviy qurol dunyoda eng xavfli rejim qo‘liga tushmasligi uchun bor kuchimiz bilan kurashamiz. Eron yadro dasturida allaqachon orqaga chekindi. Bu esa hujumlarimizning samarasi, — dedi u.

Isroil samolyotlari Tehron osmonida hukmronlik qilmoqda

Netanyahuning bayonotiga ko‘ra, Isroil harbiylari Eron poytaxtiga "to‘g‘ridan to‘g‘ri yo‘l" ochgan va endi ular belgilangan nishonlarga aniq zarbalar berish imkoniyatiga ega. Isroil armiyasi 14 iyundan buyon Tehron va g‘arbiy Eron osmoni ustidan to‘liq nazorat o‘rnatganini e’lon qildi.

AQSH bilan muvofiqlashgan harakat va Trampning munosabati

Shuningdek, Netanyahu operatsiyalar AQSH prezidenti Donald Tramp bilan to‘liq muvofiqlashgan holda amalga oshirilayotganini bildirdi. Bu orqali Isroil va Amerika o‘rtasidagi strategik hamkorlik yanada mustahkamlanayotgani ko‘zga tashlanadi.

Ayni paytda, Donald Tramp ham Fox News'ga bergan intervyusida Eronga berilayotgan zarbalar haqida oldindan ma’lumotga ega bo‘lganini tan oldi. Biroq, u Amerika bu hujumlarda bevosita ishtirok etmaganini va, aksincha, tinchlik muzokaralari uchun umid saqlayotganini aytdi.

— Agar Eron javob zarbasi bersa, biz o‘zimizni va Isroilni himoya qilamiz. Ammo biz, shu bilan birga, muzokara stoliga qaytishga va tinchlik yo‘lini tanlashga umid bildiramiz. Eron hech narsasi qolmasligidan avval kelishuvga kelish kerak, — dedi AQSH prezidenti.

Isroil va Eron o‘rtasidagi mojaro faqat harbiy kurash emas, balki geosiyosiy fishanglar urishiga aylanmoqda. Netanyahuning “rejim zaif” degan gapi Eron ichidagi siyosiy o‘zgarishlar ehtimoli ortib borayotganini ham ko‘rsatib turibdi. AQSH esa o‘zi qatnashmagani aytilgan hujumlarga qaramay, mintaqadagi ta’sirini saqlab qolish va muzokaralar uchun maydon ochiq qoldiradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Netanyahu: “Tehrondagi hokimiyat almashishi ehtimoli yuqori, Eron rejimi zaiflashgan”