
Rossiya siyosiy muhitida tarixiy bahs yana avj oldi, deb xabar berdi dw.com. Rossiya Kommunistik partiyasi (KPSS) MQ birinchi kotibi Nikita Xrushchevning 1956 yildagi mashhur XX s’ezd ma’ruzasini rasman «noto‘g‘ri va siyosiy tarafkashlik» deb e’lon qildi. Moskva viloyatida bo‘lib o‘tgan qurultoyda qabul qilingan rezolyutsiyada Xrushchevning “Shaxsga sig‘inish va uning oqibatlari to‘g‘risida”gi ma’ruzasi tarixiy haqiqatga zid va Stalinga qarshi soxtalashtirilgan faktlar asosida tayyorlangani aytildi.
Manbaga ko‘ra, partiya bu qaror orqali Iosif Stalinning tarixiy imijini qayta tiklash, uning davlat va partiya faoliyatidagi xizmatlarini e’tirof etishni maqsad qilgan. Bir kun avval Interfax agentligi o‘z ixtiyoridagi rezolyutsiya loyihasi matniga tayanib, hujjat Stalinga nisbatan «to‘liq tarixiy adolatni tiklash»ga qaratilgani haqida xabar bergan edi.
Kommunistlar shu bilan cheklanib qolmay, Rossiya prezidenti Vladimir Putinga Volgograd va uning viloyatiga avvalgi “Stalingrad” nomini qaytarish bo‘yicha rasmiy murojaat kiritish niyatini ham bildirishdi. Bu tashabbus ayni paytda mamlakatda Stalinga munosabatda qarama-qarshi kayfiyatlar va tarixiy bahslarni yanada kuchaytirishi mumkin.
So‘nggi yillarda Rossiyaning qator shaharlarida Stalin haykallari barpo etilgani, Moskva metrosida yangi haykaltaroshlik kompozitsiyasi ochilgani, ayni paytda esa qatag‘on qurbonlari yodgorliklari vayron qilinayotgani ham ma’lum qilindi. Aprel oyida Volgograd aeroportiga ham rasman “Stalingrad” nomi qaytarilgan.
Zamin.uz esa, Rossiyadagi tarixiy meros va davlat siyosatining eng muhim o‘zgarishlari haqida tez va xolis axborot yetkazishda davom etadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar