date

Hindistonda oila uch kunlik chaqaloqni tiriklayin ko‘mishga urindi

Hindistonda oila uch kunlik chaqaloqni tiriklayin ko‘mishga urindi

Hindistonda ota-ona uch kunlik chaqaloqni tiriklayin ko‘mishga uringan, biroq mahalliy aholi bolani qutqarib qolishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda The Times of India xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bolaning otasi davlat maktabida o‘qituvchi sifatida faoliyat yuritgan va qonunga ko‘ra unga ikkitadan ortiq farzand ko‘rish taqiqlangan. To‘rtinchi farzandining tug‘ilishi esa uni ishdan bo‘shatish xavfi ostiga qo‘ygan. Shu sababli u xotini bilan chaqaloqni o‘rmonga olib borib, toshlar uyumi ostiga yashirgan.

Ammo qishloq aholisi bolaning yig‘isini eshitgan va darhol toshlarni olib tashlab, chaqaloqni qutqarishgan. Keyin uni kasalxonaga yetkazishgan. Politsiya 38 yoshli ota va 28 yoshli xotinini hibsga olgan. Ular avvalroq uchinchi farzadi tug‘ilishini ham hokimiyatdan yashirgani ma’lum qilingan.

Bundan avval Uttar-Pradesh shtatida tiriklayin ko‘milgan 20 kunlik qizaloq og‘ir ahvolda shifoxonaga yotqizilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ushbu chaqaloqni chorvador tasodifan topgan: u echkilarni o‘tlatib yurganda yer ostidagi yig‘i ovozini eshitgan va ovoz yo‘nalishi bo‘ylab borganda yer ustida chaqaloqning kichik qo‘llari ko‘ringan. Shundan so‘ng mahalliy aholiga xabar berilgan va politsiya xodimlari bolani tuproq ostidadan chiqarib olgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda oila uch kunlik chaqaloqni tiriklayin ko‘mishga urindi