Suv toshqini o‘rtasida chaqaloqni bag‘riga bosgan qutqaruvchi olqishlanmoqda (video)

Suv toshqini o‘rtasida chaqaloqni bag‘riga bosgan qutqaruvchi olqishlanmoqda (video)

Turkiyaning Sakarya viloyatida suv toshqini vaqtida chaqaloqni arqonli tizim yordamida xavfsiz hududga olib o‘tgan qutqaruvchilarning harakati internet foydalanuvchilarining e’tirofiga sabab bo‘ldi. Bu haqda Anadolu agentligi xabar berdi.

Hodisa Sapanca tumanida kuchli yomg‘ir oqibatida soy toshib, bir oilaning bungalovda qolib ketishi ortidan yuz bergan. Qutqaruvchilar arqonli tizim o‘rnatib, bir chaqaloq, bir bola va ikki ayolni o‘z ichiga olgan jami sakkiz kishini xavfsiz hududga olib o‘tgan.

Qutqaruv jarayonida chaqaloqni bag‘riga bosgan xodim uning uyg‘onib, yig‘lay boshlaganini ko‘rib, tinchlantirishga va qayta uxlatishga uringan. Uning bolaga ko‘rsatgan mehribonligi videolarda aks etib, ko‘plab insonlarning e’tiborini tortdi.

Qutqaruvchilar ushbu murakkab operatsiyani muvaffaqiyatli yakunlab, oilani xavfsiz joyga olib chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Chaqaloqqa ko‘rsatilgan g‘amxo‘rlik esa xavfli vaziyatda ham insoniylik va mehr-muruvvat unutilmasligini yana bir bor namoyon etdi.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar