
Ukrainadagi urushni to‘xtatish bo‘yicha olib borilayotgan tinchlik muzokaralari yagona vazifa tufayli deyarli to‘xtab qolgan. Bu — Kiyevni Donbass hududini to‘liq tarzda Kremlga berishga qanday majburlash mumkinligi haqidagi savoldir. Politico nashri 8-dekabr, dushanba kuni yuqori lavozimli yevropalik amaldorga tayanib, shunday yozdi.
AQSH pozitsiyasi: Qiyin tanlov
Yuqori martabali yevropalik manbaning Politico nashriga ma’lum qilishicha, Amerikaning pozitsiyasi juda aniq: «Rossiya Ukrainani hududlardan voz kechishga majbur qilishni talab etmoqda — amerikaliklar esa bunga qanday erishish mumkinligini o‘ylamoqda».
Nashr suhbatdoshi: "Amerikaliklar Ukraina Donbassni tashlab ketishi kerak, deb turibdi… qay tarzda bo‘lmasin".
O‘z navbatida Kiyev har qanday tinchlik kelishuvi joriy front chizig‘i bo‘yicha harbiy harakatlarni muzlatib qo‘yishni o‘z ichiga olishi kerakligini qat’iy talab qilmoqda.
Zelenskiyning raddiyasi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 8-dekabr kuni jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida qat’iy pozitsiyasini bildirdi: «Ukraina Rossiya foydasiga o‘z hududlaridan voz kechish uchun na huquqiy, na ma’naviy huquqqa ega emas». U, Rossiya esa, «shubhasiz, ukrainlar hududlarni berib qo‘yishini talab qilayotganini» qayd etdi.
Shu bilan birga, Zelenskiy AQSH hozirda «ikki tomonni ham qoniqtiradigan murosali yechim izlash ustida ish olib borayotganini» tasdiqladi.
Reuters agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi kunga kelib Rossiya Federatsiyasi Ukraina hududining 19,2 foizini nazorat qilmoqda.
Trampning noroziligi va vositachi maqomi
AQSH prezidenti Donald Tramp 7-dekabr kuni jurnalistlar savollariga javob berar ekan, Volodimir Zelenskiy shu vaqtgacha «AQSHning so‘nggi tinchlik taklifini hali o‘qib chiqmaganidan biroz ranjiganini» bildirdi. Shu bilan birga, Amerika rahbari bu taklifga Rossiya rozi, deb hisoblashini ma’lum qildi, garchi Moskva «butun mamlakatni qo‘lga kiritishni afzal ko‘rar edi».
Politico bilan suhbatlashgan yuqori martabali yevropalik amaldor hozirgi vaziyatda eng muhim savol: «AQSH o‘zini qanday tutadi: vositachi sifatidami yoki Rossiya tomonini olgan taraf sifatidami?» — deya ta’kidladi.
U Kiyev hanuzgacha Vashington unga qanday xavfsizlik kafolatlarini berishga tayyor ekanini aniqlashni kutayotganini eslatib o‘tdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.