Buyuk Britaniya bolalar uchun zararli ovqat reklamasini chekladi

1 daqiqa o'qish164
Buyuk Britaniya bolalar uchun zararli ovqat reklamasini chekladi
QisqachaAI yordamida tayyorlanganKo‘rsatish
  • Buyuk Britaniyada yog', tuz va shakar miqdori yuqori bo'lgan oziq-ovqat mahsulotlari reklamasini cheklovchi yangi qonun kuchga kirdi.
  • Unga ko'ra, bunday mahsulotlar televideniyeda soat 21:00 dan oldin reklama qilinmaydi, internet platformalarida esa ularni targ'ib qilish taqiqlandi.

Buyuk Britaniya bolalar uchun zararli ovqat reklamasini chekladi

Buyuk Britaniyada sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish yo‘lida jiddiy qadam tashlandi. Mamlakatda yog‘, tuz va shakar miqdori yuqori bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini reklama qilishni cheklovchi yangi qonun kuchga kirdi. Ushbu qaror, avvalo, bolalar orasida semizlik muammosiga qarshi kurashishga qaratilgan.
Yangi tartibga ko‘ra, bunday mahsulotlar televideniyeda soat 21:00 dan oldin reklama qilinmaydi. Internet platformalarida esa ularni targ‘ib qilish umuman taqiqlandi. Hukumat rasmiylarining ta’kidlashicha, bu chora “ota-onalarga tarixdagi eng sog‘lom bolalar avlodini tarbiyalashda yordam berish” maqsadini ko‘zlaydi.
Cheklovlar shakar, tuz va yog‘ miqdori yuqori bo‘lgan 13 toifadagi mahsulotlarga taalluqli. Ular orasida shakarli ichimliklar, chips va tuzlangan gazaklar, pechenye va tayyor nonushtalar, popkorn, shokolad, saqich, muzqaymoq, shakarli pishiriqlar, pitssa hamda muzlatilgan taomlar bor.
Shu bilan birga, “zararli ovqat” ishlab chiqaruvchilarga bolalar ko‘radigan vaqtda o‘z brendlarini reklama qilishga ruxsat qoldirilgan. Biroq reklamada bevosita ushbu mahsulotlarni ko‘rsatish qat’iyan man etiladi. Ko‘plab kompaniyalar yangi talablarga moslashishni allaqachon boshlagan.
Rasmiy statistikaga ko‘ra, Buyuk Britaniyada boshlang‘ich maktabga qabul qilinayotgan bolalarning 22 foizdan ortig‘i ortiqcha vaznga ega. Maktabni tugatish paytiga kelib esa bu ko‘rsatkich qariyb 36 foizga yetadi. Shuningdek, 5–9 yoshli bolalarda shifokorga murojaat qilishning eng asosiy sabablaridan biri tish kariyesi hisoblanadi.
Mutaxassislar reklama bolalarning ovqat tanlovi va ovqatlanish odatlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlamoqda. Yangi cheklovlar yil sayin bolalar iste’mol qiladigan kaloriya miqdorini 7,2 milliardga kamaytirish va semizlikka chalingan bolalar sonini 20 ming nafarga qisqartirishni maqsad qilgan. Uzoq muddatda esa bu choralar sog‘liqni saqlash xarajatlarini qariyb 2 milliard funt sterlingga tejashi kutilmoqda.
Eslatib o‘tish joiz, Buyuk Britaniya 2018 yildan buyon “shakar solig‘i”ni ham joriy etgan. Unga ko‘ra, shakar miqdori yuqori bo‘lgan alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqaruvchilari qo‘shimcha soliq to‘laydi. Bu ham aholini sog‘lom turmush tarziga undashga qaratilgan choralardan biri hisoblanadi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?